TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #262

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View853Bilang ng mga view ng post
Na-publishMay 705/07/2025, 12:06 PM
Nilalaman

Nilalaman ng post

🌐🇺🇿Hurmatli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi vakillari! Sizlarni 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Zamonaviy raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlar, innovatsion yechimlar va texnologik taraqqiyot aynan siz – sohaga fidokorona xizmat qilayotgan mutaxassislar mehnati bilan bog‘liq. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi, davlat boshqaruvida ochiqlik va samaradorlik hamda fuqarolarimiz hayot sifatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Sizlarning mehnatkashligingiz, professionalligingiz va yangilikka intilishingiz tufayli bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishilmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, yangi g‘oyalar va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🌐LinkedIn🐦X