TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #263

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View1,190Bilang ng mga view ng post
Na-publishMay 805/08/2025, 06:06 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

🎯Job&Edu Fest 2025: Yarmarkadan maksimal darajada qanday foyda olish mumkin? 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida o‘tkaziladigan yarmarkada ishtirok etishni rejalashtiryapsizmi? Quyidagi 3 muhim ko'rsatma bilan tanishib chiqing: 🔖1. Rezyumengizni tayyorlab keling! Ish beruvchilar bilan tanishuvda rezyume – bu Siz haqingizdagi ilk taassurot hisoblanadi. - Rezyumeni chop etilgan va elektron shaklda o‘zingiz bilan olib keling. - Qisqa, aniq va dizayni tartibli bo‘lishiga e’tibor qarating. - Rezyume tayyorlashda tez-tez uchraydigan xatolar va rezyume tashqi ko'rinishining mohiyati bo‘yicha tavsiyalarni oldingi postlarimizda ko‘rib chiqishingiz mumkin. 🔖2. Maqsadingizni oldindan aniqlab oling! Yarmarkaga kelishdan avval quyidagilarni rejalashtiring: - Qaysi kompaniyalar bilan tanishmoqchi ekanligingizni rejalashtiring va ushbu kompaniyalar faoliyatini ko'rib chiqing; - Ish yoki amaliyot uchun o'zingizga mos vakansiyalarni o'rganib chiqing; - Yangi imkoniyatlarga ochiq bo'ling, chunki yarmarkada Siz uchun kutilmagan qiziqarli takliflar bo'lishi mumkin. 🔖 3. Seminar va treninglarda faol ishtirok eting! Yarmarka davomida tashkil etiladigan vorkshoplar va sessiyalar nafaqat bilim olish, balki professional doirangizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun: - Savollar berishdan tortinmang, o'z qiziqishingizni namoyish qiling. - Vorkshop ishtirokchilari va spikerlar bilan aloqada bo'lish uchun tashrif qog'ozingiz yoki LinkedIn profilingizni tayyorlab qo'ying. ℹ️Bonus Maslahat: Muloqot qilishda do'stona va ochiq bo'ling. Bu nafaqat ish topishingizga, balki Sizning professional tarmog'ingizni kengaytirishga ham yordam beradi! @digitalitvacancy