Nilalaman ng post
“Job&Edu Fest” — mehnat va ta’lim yarmarkasida 100 dan ortiq ish beruvchi va ta’lim tashkilotlari 1000 dan ortiq ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi ✅Bugun 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida “Job&Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 1200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. 🏷“Job&Edu Fest” – IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga sohada muvaffaqiyatli taʼlim olish hamda ish oʻrnini topishga yoʻnaltiruvchi mehnat va taʼlim yarmarkasidir. ⚜️Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Rustam Karimjonov ochib berdi. Vazir oʻrinbosari o‘z nutqida IT sohasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun yangi ko‘nikmalarni egallash muhimligini alohida ta’kidladi. ➡️Qolaversa, yarmarka davomida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar ishtirokida treninglar tashkil etilib unda spikerlar startuplarni boshlash, xalqaro IT-sertifikatlar hamda IT karyera boshlashda muhim boʻlgan mavzularda chiqish qilishdi. 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin