TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #311

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View1,590Bilang ng mga view ng post
Na-publishMay 2105/21/2025, 09:01 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

AI MAANG kompaniyalardagi “ko‘rinmas muhandislar”ga qarshi kurash boshladi! Mashhur texnologik kompaniyalarda (MAANG — Meta, Apple, Amazon, Netflix, Google) ba'zi dasturchilar oyiga atigi 1-2 marta kod yozib, yuqori maosh olib kelayotgan edi. Endi esa sun’iy intellekt (AI) bu holatni butunlay o‘zgartirishi mumkin. Faktlar: - AI hozirda ishlab chiqaruvchanlikni 15% ga oshiryapti. 6 oy ichida bu ko‘rsatkich 50% ga yetishi kutilmoqda. - “Ghost engineer”lar – ya’ni deyarli hech narsa qilmaydigan, lekin “band” ko‘rinadigan muhandislar AI yordamida oson aniqlanadi. - Tesla va X (Twitter) tajribasi shuni ko‘rsatdiki, hatto 80% xodim qisqartirilganda ham platforma ishlashda davom etdi. Xulosa: AI dangasa dasturchilar davrini tugatmoqda. Ishda qolish uchun tezda moslashish va haqiqiy qiymat yaratish talab qilinadi. Batafsil ushbu maqolada o'qishingiz mumkin. @digitalitvacancy