Nilalaman ng post
Cover Letter (Motivatsion xat) yozishni bilasizmi? Ishga topshirayotganda qanchalik ahamiyatga ega? 💼 Ish uchun hujjat topshirilayotganda ko‘pchilik faqat rezyume yuboradi. Aslida esa cover letter orqali Siz o‘zingizni shaxsiy yondashuv bilan tanishtirish imkoniga egasiz. Bu – ish beruvchiga Sizni ushbu lavozim va kompaniya uchun bo'lgan qiziqishnigizni namoyon qiladi. 🧩Cover letter nima uchun kerak? - Sizning motivatsiyangizni tushuntiradi - Pozitsiyaga qanchalik mos ekanligingizni ko‘rsatadi - Rezyumedagi quruq faktlarga hayot bag‘ishlaydi ❓Qanday yoziladi? Kiruvchi qism — O‘zingizni tanishtiring va nima uchun yozayotganingizni ayting Asosiy qism — Nega aynan shu kompaniya va lavozimga qiziqyapsiz? Sizda qanday tegishli tajriba bor? Xulosa — Suhbatga tayyor ekanligingizni bildiring va bog‘lanish uchun info qoldiring 📌Yodingizda bo‘lsin: ▪️ 1 sahifadan oshmasin ▪️ Har bir kompaniya uchun alohida yozing ▪️ Qisqa, aniq va samimiy bo‘lsin Savol: Cover letter yozish bo'yicha yana qanday foydali ma'lumotlarni ulashishimizni hohlaysiz? @digitalitvacancy