Nilalaman ng post
Kod yozmasdan ham IT’da ishlash mumkin! 🔗 Ko‘pchilik IT sohasini faqat dasturchilar bilan bog‘laydi. Aslida esa, bu sohada kod yozishni talab qilmaydigan ko‘plab muhim kasblar ham talaygina. Quyidagilar shular jumlasidan: 🔵Prompt muhandisi — sun’iy intellektga to‘g‘ri savollar yozib, kerakli natijalarni olish uchun ishlaydi. 🔵Product menejer — yangi IT mahsulotlarini rejalashtiradi va ishlab chiqish jarayonini boshqaradi. 🔵Data analitik — raqamlar orqali biznes uchun foydali qarorlar chiqaradi. 🔵Scrum-master — IT jamoalarning samarali ishlashi uchun jarayonlarni muvofiqlashtiradi. 🔵QA muhandis — dastur va ilovalarning sifatini tekshiradi va xatolarni topadi. 🔵IT rekruter — to‘g‘ri mutaxassislarni tanlab, IT jamoalarini shakllantiradi. 🔵SEO mutaxassisi — saytlarni Google qidiruv tizimida yuqoriga chiqarishga yordam beradi. 📌 Bularning hech biri kod yozishni talab qilmaydi. Muhimi — analitik fikrlash, jamoada ishlash va doimiy o'rganish. Shunday ekan, kod yozishni bilmasangiz ham IT’ga kirish uchun imkoniyatlar yetarli! @digitalitvacancy