Nilalaman ng post
FAANG intern offerlar olish uchun muhim faktorlar: 1. Mustaqil kod yoza olish, bir dasturlash tilini yaxshi bilish — sizga tayyor yechim berilsa, uni kodini bemalol yoza olasiz 2. Ravon muloqot qila olish — ham yozma ham og'zaki — intervyu jarayonida va keyinchalik intern host bilan ishlash uchun bu juda muhim 3. Texnologiya uchun ishtiyoq — kompaniyalar o'ziga eng yuragida olov yonganlarni jalb qilishni istaydi — shaxsiy loyihalar (katta yoki kichik) — hackathon & dasturlash musobaqalar — tech konferensiyalari 4. Jarayonga mas'uliyat bilan yondashish — O'z vaqtida javob bering va sizdan so'ralgan narsani ortig'i bilan bajaring 5. Ijobiylik va qiziquvchanlik — yuzda tabassum — jarayonda mazmunli va o'rinli savollar so'rash Boshqalardan ajralib turishning eng oddiy yo'li bu ko'p loyihalar qurish va ular haqida dunyoga jar solish (GitHub repo, blog post, Telegram/YouTube channels, etc).