Nilalaman ng post
Ta’limda AI tashabbuslarini boshqaruvchi rahbar izlanmoqda 🏢Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi 🧭Bo‘lim: Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi ✳️Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i 📍Manzil: Toshkent shahri Bo‘limning asosiy vazifalari: • Ta’limda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya va yo‘nalishlarni ishlab chiqish; • SI loyihalarini ta’lim tizimiga integratsiya qilish; • SI texnologiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanishga oid ta’lim loyihalarini yaratish va amalga oshirish. Nomzodlar uchun talablar: • Loyiha boshqaruvi bo‘yicha 3+ yillik tajriba (axborot texnologiyalari - AT, ta’lim yoki SI sohasidagi loyihalar boshqaruvi ustunlik beradi); • AT ta’lim va sun’iy intellekt bo‘yicha bilim; • Rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi; • O‘zbek va ingliz tilida erkin muloqot (rus tili afzallik beradi); • Kreativ va tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari. 📩 Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Nomzodlardan 2 betdan oshmagan rezyumeni [email protected] elektron manziliga yuborish so‘raladi. @digitalitvacancy