Nilalaman ng post
Vebinar g‘oliblariga vaucherlar topshirildi 🎤 7-noyabr kuni o‘tkazilgan“Frilanserlikni qanday boshlash mumkin?” nomli vebinarda mehmon spiker Izzatilla Fayzullayev frilanserlik imkoniyatlari haqida ma'lumot berib, mijozlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish usullari va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berib o‘tdi. 🏆Onlayn muloqot davomida frilanserlikka bo‘lgan qiziqishi va faolligi bilan ajralib turgan 3 nafar ishtirokchi bepul ta’lim vaucheri bilan taqdirlandi: ✔️ Sunnatillo Raimov (Toshkent shahri) ✔️ Odamboyev Asadbek (Xorazm viloyati) ✔️ Baltabayev Jamolbek (Xorazm viloyati) 🚀 Shuningdek, vebinar ishtirokchilari orasida o‘zining bilimga chanqoqligi va intiluvchanligi bilan ajralib turgan Mirjahon Abdullayev spiker Izzatilla Fayzullayev tomonidan shaxsiy shogird sifatida tanlandi. Endilikda u Lyra.uz asoschisi bilan birgalikda yangi loyihalar va amaliy topshiriqlar ustida ishlaydi. Vebinarda faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz! 🚀Telegram