TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #387

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View622Bilang ng mga view ng post
Na-publishDis 312/03/2025, 10:39 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

TOP-5 rezyumedagi xatolar: Ularni bilmaslik Sizni katta imkoniyatlardan mahrum qilishi mumkin 1️⃣ Ortiqcha ma’lumot kiritish: HR mutaxassislarining fikriga ko‘ra, rezyumening 30% dan ortig‘i aynan keraksiz ma’lumotlar tufayli rad etiladi. Faqat lavozimga mos tajribani qoldiring. 2️⃣ Natijalarni ko‘rsatmaslik: Ish beruvchilarning 70–75% i raqamlar bilan ifodalangan yutuqlari bor nomzodlarni ustun ko‘radi. Masalan: “Mijozlar sonini 25% ga oshirdim”, “Ish jarayonini 2 baravar tezlashtirdim.” 3️⃣ Noaniq yoki umumiy jumlalar ishlatish: “Mas’ul edim”, “Javobgar bo‘ldim” kabi umumiy iboralar e’tiborni tortmaydi. Aniqlik talab qilinadi: qanday jarayonlarga javobgar edingiz va natijasi nima bo‘ldi? 4️⃣ Imloviy xatolar: 59% ish beruvchi imloviy xatoga ega rezyumeni darhol rad etadi (CareerBuilder tadqiqoti). Shu bois rezyumeni oxirida kamida 2 marta qayta tekshirish tavsiya etiladi. 5️⃣ Haddan ziyod uzun rezyume: Ideal rezyume hajmi — 1 sahifa, katta tajribaga ega nomzodlar uchun — maksimal 2 sahifa. Uzoq matn ish beruvchining diqqatini yo‘qotadi; HRlar o‘rtacha rezyumega 6–8 soniya vaqt ajratadi. 📌IT mehnat bozoridagi so'ngi yangiliklarni va shu kabi qiziq ma'lumotlarni kuzatib borish uchun Digital IT careerkanaliga a'zo bo'lishni unutmang!