TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #393

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View501Bilang ng mga view ng post
Na-publishDis 1012/10/2025, 04:40 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun! Hurmatli yurtdoshlar! Bugun yurtimizning eng muhim davlat ramzlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunni nishonlamoqdamiz. Ushbu tarixiy sana xalqimizning mustaqillik yo‘lidagi qat’iyati, milliy o‘zligimiz va Vatanimizga cheksiz muhabbatining yorqin ifodasidir. Davlat madhiyasi — O‘zbekiston suverenitetining ramziy timsoli, xalqimiz ma’naviyati, g‘ururi va birdamligini aks ettiruvchi muqaddas qo‘shiqdir. Madhiyamizning jarangi har birimizga Vatan oldidagi mas’uliyat, yurt ravnaqi va istiqlolimizni mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilish tuyg‘usini baxsh etadi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimizni tabriklaymiz. Mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinchligi, milliy ramzlarimiz va istiqlolimiz doimo barqaror bo‘lsin! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin