Nilalaman ng post
Ta’limda AI tashabbuslarini boshqaruvchi rahbar izlanmoqda! 🏢Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi 🎓Bo‘lim: Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi 💼Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i 🟡Manzil: Toshkent shahri ✅ Bo‘limning asosiy vazifalari: 🔹 Ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya hamda ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish; 🔹 SI asosidagi loyihalarni umumiy ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish; 🔹 Ta’limda SI texnologiyalaridan samarali, xavfsiz va mas’uliyatli foydalanishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 🔹 Davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikda innovatsion tashabbuslarni muvofiqlashtirish. ✍️ Nomzodlar uchun talablar: — Loyiha boshqaruvi bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba (AT, ta’lim yoki sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar ustunlik beradi); — Axborot texnologiyalari, ta’lim tizimi va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tushuncha; — Rasmiy hujjatlar, konsepsiya va strategik materiallar bilan ishlash tajribasi; — O‘zbek va ingliz tillarida erkin muloqot (rus tili — afzallik); — Kuchli tahliliy va kreativ fikrlash, jamoani boshqarish hamda samarali kommunikatsiya ko‘nikmalari. 🔖Ariza topshirish uchun email: [email protected] ❗️Nomzodlardan 2 betdan oshmagan rezyume yuborish so‘raladi 🚀Telegram