Nilalaman ng post
Ta’limda AI tashabbuslarini ilgari suruvchi mutaxassis izlanmoqda! 🏢Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi ⌛️Bo‘lim: Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi 💼 Lavozim: Bosh mutaxassis 📍 Manzil: Toshkent shahri ✅Mutaxassisning asosiy vazifalari: 🔹 Ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish; 🔹 SI loyihalarini ta’lim tizimiga integratsiya qilish jarayonida tashkiliy va tahliliy qo‘llab-quvvatlash; 🔹Ta’limda SI texnologiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanish bo‘yicha loyihalar, metodik qo‘llanmalar va materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish; 🔹 Tegishli bo‘limlar va hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash. ✍️ Nomzodlar uchun talablar: — Axborot texnologiyalari, ta’lim yoki sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kamida 2 yillik ish tajribasi; — Loyiha faoliyatini tashkil etish va rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari; — Sun’iy intellekt va raqamli ta’lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni bilish; — O‘zbek va ingliz tillarida erkin muloqot qila olish (rus tili — afzallik); — Tahliliy va innovatsion fikrlash, jamoada ishlash va tashabbuskorlik. 🔖Ariza topshirish uchun email: [email protected] 🌐 Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang! 🚀Telegram