Nilalaman ng post
Bank va moliya sohasiga ixtisoslashgan reyting agentligiga IT-mutaxassis kerak! 🏢Tashkilot: Bank va moliya sohasiga ixtisoslashgan Reyting agentligi 💼 Lavozim: IT-mutaxassis 📍 Manzil: Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi ✅ Asosiy vazifalar: 🔹 Agentlik metodologiyasi asosida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, tizimlashtirish va chuqur tahlil qilish; 🔹 Ma’lumotlar bazasini boshqarish, avtomatlashtirilgan hisobotlar hamda reyting shakllarini ishlab chiqish; 🔹 Reyting tahlillari va moliyaviy ko‘rsatkichlarni IT infratuzilmasi doirasida vizualizatsiya qilish; 🔹 Yangi texnik yechimlar va reyting metodikalarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishda ishtirok etish. ✍️ Talablar: — Bank va moliya sektori bo‘yicha bazaviy bilimlar, moliyaviy hisobotlarni o‘qiy olish; — Analitik fikrlash, texnik yondashuv va jamoada samarali ishlash qobiliyati; — Rus tili — mukammal (yozma va og‘zaki); — Ingliz tili — suhbatlashish darajasida. — Texnik ko‘nikmalar: • Excel — mukammal darajada (murakkab formulalar, makroslar); • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash tajribasi; 💼 Afzalliklar: — Python dasturlash tilini bilish; — Photoshop va Canva dasturlarida ishlash tajribasi. ✨Ish sharoitlari: 🔸Toshkent shahri markazida joylashgan zamonaviy ofis; 🔸 Ahil va professional jamoa; 🔸 Kasbiy rivojlanish va o‘sish uchun real imkoniyatlar. 💰 Boshlang‘ich oylik maosh: 6–8 mln so‘m 🔖Bog‘lanish va CV yuborish uchun: 📞 90-636-99-29 📱@saad_falcon, @myusuf2021 ⚠️ Eslatma: Iltimos, murojaat qilishdan oldin talablar bilan to‘liq tanishib chiqib, ularga mos ekanligingizga ishonch hosil qiling. 🚀Telegram