TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #473

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View472Bilang ng mga view ng post
Na-publishEne 2601/26/2026, 06:58 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

Hurmatli Talabgorlar! 📣📣BRB ATB Respublikamizning barcha hududlarida joylashgan bank xizmatlari markazlarini Kichik biznes va chakana biznes yo'nalishiga, amaliyot o'tashga tanlov asosida taklif etadi. Vazifalar: ♦️Biriktirilgan yoʻnalishda bank mahsulotlari va xizmatlarini oʻrganish; ♦️Mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlarini oʻrganish,amalda qoʻllash; ♦️Bank tizimiga oid normativ huquqiy hujjatlar va ichki tartiblar bilan tanishish va oʻzlashtirish; ♦️Marketing va mijoz jalb qilish tadbirlarida qatnashish; ♦️Xizmat koʻrsatishda qoʻllaniladigan axborot texnologiyalari va dasturlarida ishlashni oʻzlashtirish; ♦️Oʻz ustida ishlash va rivojlantirish; ♦️Boshqa berilgan topshiriqlarni bajarish; ♦️Mehnat intizomi, korporativ etika va ichki tartiblarga rioya qilish. Talablar: ♦️Iqtisodiy yoʻnalishda bitiruvchi kurs talabasi; ♦️Rus tili – A2 darajasi(ustuvorlik), Ingliz tili – A2 darajasi(ustuvorlik); ♦️MS Office dasturlarida ishlay olishi vа АТ savodxonligi; ♦️Bazaviy iqtisodiy bilimlar; ♦️Kirishuvchanlik va analitik fikrlay olish; ♦️Jamoada ishlay olish. 📍Manzil ♦️Tanlovning 1-bosqichi-test sinovlari, Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani, Ezgulik MFY, Yangi Sergeli ko‘chasi, 96-uy Orientir: Sergeli moshina bozor. 27.01.2026 yil kuni soat 09:30 da o'tkaziladi. Qo'shimcha savollar va bog'lanish uchun tel:+998977349969 CVlarni yuborish va batafsil ma'lumotni olish 👉bu yerni bosing Muddat: 26.01.2026 yilgacha.