Nilalaman ng post
AI dasturlashga qanday ta'sir qiladi - Anthropic o'tkazgan so'rovnoma natijalarini ulashamiz. Anthropic 52 nafar juniorlarni ikki guruhga bo‘lgan. Ikkala guruh ham bir xil muammolarni yechdi va keyin mavzu bo‘yicha test savollariga javob berishdi: 1️⃣Sun’iy intellektdan foydalanish imkoni bo‘lmagan guruh: vazifani bajarishda ko‘p xato qilishdi, lekin yakuniy testni yaxshiroq topshirishdi. Demak, ular ish jarayonida o‘rganib borishgan. 2️⃣Sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatiga ega guruh: dasturlashni yaxshiroq uddalashdi, ammo natijada hech narsani tushunishmadi. Qo‘shimcha qiziqarli xulosalar: 👉Vazifalarni eng yomon bajarganlar - sun’iy intellektga ham masalani yechishni, ham xatolarni tuzatishni topshirgan va muammolarning mohiyatini tushunishga harakat qilmaganlar bo‘ldi. 👉Kod yaratishdan tashqari, uning qanday va nima uchun ishlashini tushunish uchun sun’iy intellektdan foydalangan ishtirokchilar ancha yaxshi natija ko‘rsatdilar. Xulosa qilib aytganda, hamma narsa kutilganidek bo‘ldi - agar siz shunchaki o‘ylamasdan vazifalarni sun’iy intellektga topshirsangiz, hech narsa o‘rganmaysiz. Shuning uchun juniorlargaga sun’iy intellektni o‘ylamasdan ishlatish emas, balki uni to‘g‘ri engineering standardlarini o'rganish, jamoaviy ishlash va sun’iy intellekt bilan birgalikda o‘rganish orqali qo‘llash kerak. To'liq research: https://www.anthropic.com/research/AI-assistance-coding-skills @nuruddinblogs