TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #50

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View669Bilang ng mga view ng post
Na-publishNob 1911/19/2024, 03:54 PM
Nilalaman

Nilalaman ng post

Rezyumeda aldash mumkinmi? Ba’zi paytlar sizga yoqqan vakansiyada ish tajribasi siznikidan sal ko‘proq yozilgan bo‘ladi, deylik 3 yil, siz esa 2 yil 3 oy tajribangiz bor yoki mana bu qo‘shimcha texnologiyani bilish kerak deyilgan bo‘ladi, siz esa uning muqobili bilan tajribangiz katta. Shunday paytlarda nima qilish kerak? Aldash kerakmi yoki to‘g‘risini yozish kerakmi? Aldasa bo‘ladi: 👉 O‘zim oldin ko‘pincha, agar tajriba yillarim vakansiyaga yetmasa, ba’zi boshqa ish joylaridagi tajribamni qo‘shib yozardim, to‘laqonli dasturchi bo‘lib ishlamagan bo‘lsam ham. Siz ham bilimlaringizga ishonsangiz, ozgina vaqtni frilanser sifatida ishlaganman deb qo‘ysangiz bo‘ladi. Lekin yaxshi ish beruvchilar, agar nomzod yaxshi bo‘lsa, 3-6-9 oy qo‘shimcha tajribangiz yetmasa ham olaverishadi. 👉 Texnologiyani/freymworkni bilmasangiz, muqobili bilan tajribangiz bo‘lsa shuni, bo‘lmasa kerakli texnologiyani qo‘shib (novice) yoki (beginner) deb qo‘ysangiz bo‘ladi. Lekin buning uchun albatta texnik suhbatgacha rostdan ham novice darajasida o‘rganish kerak. Texnologiya aynan nega kerak, asosiy featurelari nima va qanday concept ustiga qurilgan, shu savollarga noqal javob bera olishingiz kerak, agar iloji bo‘lsa, kichik bir template project tayyorlab ko‘rsangiz yanada yaxshi. Bu holatda, agar kerakli nomzod topa olishmasa, sizni olib, ozgina o‘rgatishga vaqt sarflashni ma’qulroq deb topishligi ehtimoli ortadi. Aldasa bo‘lmaydi: 👉 Umuman boshqa soha vakili bo‘lib turib, shu sohada tajribam bor deb bo‘lmaydi. SMM chi bo‘lib turib, dasturchiman deb bo‘lmaydi. Ozgina o‘rgangan bo‘lsangiz ham. Qo‘shimcha tajriba sifatida yozish mumkin. 👉 Boshqa yo‘nalishda ishlab turib, bu yo‘nalishda tajribam bor deyish ham noto‘g‘ri, frontendchi bo‘la turib, backendchiman deyish notog‘ri. 👉 Oliy ma’lumot so‘ralgan joyga ma’lumotim bor deb bo‘lmaydi, chunki bu punkt bo‘lsa, ko‘p holatlarda u aniq tekshiriladi. 👉 Til bilish bo‘yicha aldamagan ma’qul, chunki suhbat davomida sharmanda bo‘lishingiz mumkin. P.S.1 Bu mening shaxsiy fikrim, umuman olganda aldamagan ma’qul, yaxshisi HR/Recruiterga sharoitni to‘g‘ri tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin degan holatni o‘zingiz yasab olasiz 😉 P.S.2 Postdagi gif bekorga emas, nima bo‘layotganini kim ayta oladi? 😅 @khumoyun_codes