Nilalaman ng post
Yaponiyaning video-o'yin hamda animatsiyalarni ishlab chiqaradigan kompaniyao'z ofisini O'zbekistonda ochmoqda. ✅Raqamli texnologiyalar vazirligida Yaponiyaning “ELF-IN” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Motoi Matsuo hamda ijrochi direktori Takashi Kinoshita bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ❗️Uchrashuv davomida O'zbekistonda animatsiya sohasiga yoshlarni o'qitish hamda xalqaro bozorga animatsiya kontentlarini outsorcing xizmatini yo'lga qo'yish muhokama qilindi, loyiha doirasida ushbu kompaniya O'zbekistonda o'z ofisini ochib, yoshlarni o'qitish uchun Yaponiyaning animatatsiya sohasidagi eng ilg'or mutahassislarni jalb qilinishi kelishildi. ✅“ELF-IN” Yaponiyaning o‘yin va ko‘ngilochar video mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, animatsiya, kompyuter grafikasi (CG), reklama roliklari hamda yirik tadbirlar uchun maxsus vizual loyihalar yaratish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. ⚜️Agar siz ham animatsiya sohasiga qiziqsangiz, rasm chizish, dizayn hamda Digital art yo‘nalishda bilim hamda ko‘nikmalaringizni rivojlantirishni istasangiz, quyidagi havola orqali ariza qoldiring va eng iqtidorli yoshlarni bepul o'qitib yuqori maoshli ish bilan ta'minlashga yordam beramiz.