Nilalaman ng post
AQSHning Yuta universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi ✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi va AQSHning nufuzli Yuta universiteti o‘rtasida raqamli ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida: ➡IT, sun’iy intellekt, data science va game development yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari, ➡ilmiy tadqiqotlar hamda ➡talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. ➡Shuningdek, o'yin yaratish va interaktiv media yo‘nalishlarida yoshlar uchun maxsus dasturlar tashkil etiladi. 📥Agar Siz o‘yinlar yaratish, 2D/3D grafika, animatsiya yoki Unity va Unreal Engine bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali ariza qoldiring. 🔗Eng iqtidorli yoshlarni bepul o'qitib yuqori maoshli ish bilan ta'minlashga yordam beramiz.