Nilalaman ng post
Job&Edu Fest yarmarkasidan maksimal foyda olish uchun 3 ta asosiy ko'rsatma! 🔖Rezyumengizni tayyorlab kelishni unutmang! Yarmarkada kompaniyalarga taqdim etish uchun rezyumengizni chop etilgan va elektron shaklda tayyorlab kelishni unutmang. Kompaniyalarda Siz haqingizdagi ilk taassurot Siz taqdim etuvchi rezyume asosida shakllanadi. Avvalgi postlarimizda rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar va rezyume tashqi ko’rinishining mohiyati bo’yicha ma’lumotlar berib o’tilgan. Buning yordamida ish beruvchilarning e’tiborini tortadigan rezyume tayyorlashingiz mumkin! 🔖Yarmarkadan ko'zlagan maqsadlaringizni oldindan aniqlab oling! Yarmarkaga kelishdan oldin: - Qaysi kompaniyalar bilan tanishmoqchi ekanligingizni rejalashtiring va ushbu kompaniyalar faoliyatini ko'rib chiqing; - Ish yoki amaliyot uchun o'zingizga mos vakansiyalarni o'rganib chiqing; - Yangi imkoniyatlarga ochiq bo'ling, chunki yarmarkada Siz uchun kutilmagan qiziqarli takliflar bo'lishi mumkin. 🔖Vorkshop va sessiyalarda faol ishtirok eting! Yarmarka davomida tashkil etiladigan vorkshoplar va sessiyalar nafaqat bilim olish, balki professional doirangizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun: - Savollar berishdan tortinmang, o'z qiziqishingizni namoyish qiling. - Vorkshop ishtirokchilari va spikerlar bilan aloqada bo'lish uchun tashrif qog'ozingiz yoki LinkedIn profilingizni tayyorlab qo'ying. ℹ️Bonus Maslahat: Muloqot qilishda do'stona va ochiq bo'ling. Bu nafaqat ish topishingizga, balki Sizning professional tarmog'ingizni kengaytirishga ham yordam beradi! @digitalitvacancy