Nilalaman ng post
🇺🇿 Nega men ingliz tilini o‘zim o‘rgandim Men ingliz tilini o‘zim mustaqil o‘rgandim, chunki aniq maqsadim bor edi: qizlarimga ingliz tilini o‘zim o‘rgatmoqchi edim. Atrofimda ingliz tilini o‘rganayotganlar ko‘p edi, lekin ularning ko‘pchiligi hali-hamon erkin gaplasha olmas edi. Shunda ichimda shunday bir tuyg‘u paydo bo‘ldi: ta’lim tizimida, ayniqsa, til o‘rgatishda nimadir noto‘g‘ri ketmoqda. O‘shanda aynan nima xato ekanligini tushunmasdim. Men rus va ingliz tillarini asosan badiiy adabiyot orqali o‘rgandim, darsliklar emas. Keyinchalik o‘zim dars bera boshlaganimda va boshqa o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini kuzatganimda, o‘quvchilarni zeriktiradigan uslublar meni g‘ashimga tegardi. Chunki bunday yondashuv pedagog missiyasiga xizmat qilmaydi — ya’ni, inson salohiyatini rivojlantirishga. F. Rashidova, ESL metodisti va maslahatchisi!