TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bumalik sa listahan ng channel
hujayra.uz avatar

TGINSIGHT CHAT

hujayra.uz

@hujayrauz

Education

Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

Mga Subscriber4,450Kasalukuyang mga subscriber
Mga naka-track na post1,015Bilang ng naka-index na post
Kamakailang abot25,453Kabuuan ng kamakailang mga view
Mga kamakailang post

Mga kamakailang post

Pahina 1 ng 85 · 1,015 post

Na-publish Abr 14

Bugun Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 14-aprel kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 586 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 10-mart kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 36 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 33 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 81 tani tashkil etdi. Yuqoridagi rasmda mart oyi yakunida Xitoyning Guizhou provinsiyasi Longtan qishlog'i hududidagi suvlardan tavsiflangan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi yalangbaliqlar (Nemacheilidae) oilasiga mansub yangi tur - Claea dafangensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoosystematics and Evolution jurnalidan o‘qishingiz mumkin. @hujayrauz

883 views

Na-publish Abr 7

7-aprel Xalqaro suv qunduzlari kuni "Qunduz amakining qissalari" multserialini ko'rmaganlar oramizda topilmasa kerak. Bugun aynan mana shu multfilm qahramonlari bo'lgan qunduzlarning kuni. Suv qunduzlari kemiruvchilar (Rodentia) turkumi qunduzlar (Castoroidae) oilasiga mansub, bor yo'g'i ikki turdan iborat ajoyib hayvonlardir. Kanada suv qunduzi (Castor canadensis) - Shimoliy Amerikada Oddiy suv qunduzi (Castor fiber) - Yevropada, qisman Osiyoda Bu kemiruvchilarning hayoti suv bilan bog'liq bo'lib, ular daryolarning o'zanida to'g'on qurishi bilan nom qozongan. Ularni "o'rmon muhandislari" deb ham atashadi. Chunki qunduzlar daryo bo'yidagi o'rmondagi katta-katta daraxtlarni qulatib, daryoga olib kelib suv yo'lini to'sib, o'zlari uchun yashash sharoitini yaratadilar. Suv qunduzlari Kanadaning milliy ramzlaridan biri hisoblanadi. @hujayrauz

1,860 views

Na-publish Abr 6

📣DIQQAT 11-SINF O'QUVCHILARI UCHUN FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI OLIMPIADASI! 📚 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ 4805-sonli qarori, 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son qarori, 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarorlariga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida 11-sinf o‘quvchilari o'rtasida "BIOLOGIYA", "KIMYO", "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" hamda "FIZIKA" fanlaridan “Universitet olimpiadasi” o‘tkaziladi. 📆 Universitet olimpiadasining 1-bosqichi 2026-yil aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida, tuman va shaharlarda belgilangan maktablarda Nizom talablari asosida o‘tkaziladi. 📝 Olimpiada ishtirokchilari imtihon kuni fuqarolik pasporti (yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma) bilan kelishlari so‘raladi. 🖥 Universitet olimpiadasida ishtirok etish istagida bo'lgan 11-sinf o‘quvchilari 2026-yilning 16-aprelsoat 23:59ga qadar onlayn tarzda quyidagi 👉telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Olimpiada shartlari👈

1,490 views

Na-publish Abr 3

3-aprel Butunjahon suv hayvonlari kuni @hujayrauz

2,040 views

Na-publish Mar 30

Яқинда бир немис тадқиқотчисининг маърузасида қатнашдим. У Адольф Гитлер давридаги фюрерга садоқат масаласини ўрганган. 1,5 миллиондан ортиқ ҳужжат таҳлил қилинган, 15 нафар ёрдамчи жалб этилган, катта ресурс сарфланган. Лекин у "ҳозирча аниқ хулосага кела олмадик, маълумотлар аномал" деб айтди. Мана шу — академик ҳалоллик. Илм — ўзингиз тўгри деб билган позицияни химоя қилиш эмас, балки “мен янглишган бўлишим мумкин” деган эҳтимолни ҳам тан олишдир.

2,500 views

Na-publish Mar 23

Ayiq turlari bilan tanishing: 1️⃣Amerika qora ayig'i (Ursus americanus) - 16 ta kenja turi bor. Meksika, AQSh va Kanadada uchraydi. 2️⃣Qo'ng'ir ayiq (Ursus arctos) - 16 ta kenja turi bor. Butun boshli Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada uchraydi. O'zbekistonda Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i (Ursus arctos isabellinus) kenja turi uchraydi. 3️⃣Qutb ayig'i yoki oq ayiq (Ursus maritimus) - kenja turlari yo'q. Arktikada uchraydi. 4️⃣Osiyo qora ayig'i (Ursus thibetanus) - 7 ta kenja turi bor. Hindi-Xitoy mintaqasida uchraydi. 5️⃣Ko'zoynakli ayiq (Tremarctos ornatus) - kenja turlari yo'q. Janubiy Amerikada - And tog' mintaqasida uchraydi. 6️⃣Dangasa yoki yalqov ayiq (Melursus ursinus) - 2 ta kenja turi bor. Hindiston va Bangladeshda uchraydi. 7️⃣Quyosh ayiq (Helarctos malayanus) - 2 ta kenja turi bor. Janubiy Osiyoda uchraydi. 8️⃣Yirik panda (Ailuropoda melanoleuca) - kenja turlari yo'q. Xitoy endemigi. Rasmda ayiqlarning yagona o'txo'r vakili yirik panda tasvirlangan. @hujayrauz

3,560 views

Na-publish Mar 23

23-mart Xalqaro ayiqlar kuni Ayiqlar (Ursidae) oilasi yirtqichlar turkumining yirik vakillaridan biri bo'lib, ayni vaqtda 8 ta turi mavjud. Ulardan faqatgina oq ayiq (Ursus maritimus) yirtqich, katta panda (Ailuropoda melanoleuca) esa o'txo'r, qolgan 6 ta turi hammaxo'r (polifag) hisoblanadi. Qo'ng'ir ayiq va Amerika qora ayig'idan tashqari qolgan 6 ta turi TMXI ning Qizil ro'yxatiga "zaif holatdagi turlar" (Vulnerable [VU]) maqomida kiritilgan. @hujayrauz

2,420 views

Na-publish Mar 22

2,130 views

Na-publish Mar 22

22-mart — Xalqaro suv kuni ​Ushbu sana 1993-yildan beri butun dunyo bo'ylab nishonlanib kelinadi. Bu kunda Yer sayyorasidagi chuchuk suv zaxiralari, ularning tejamkorlik bilan sarflanishi, asrab-avaylanishi va borgan sari jiddiylashib borayotgan suv yetishmasligi muammolari asosiy mavzu sifatida ko'tariladi. ​Chuchuk suv — tarkibidagi tuzlar miqdori 0,5 ‰ (promille) dan oshmaydigan suvdir. Sayyoramizdagi jami suvning bor-yo'g'i 2,5 – 2,75% qisminigina chuchuk suv tashkil etadi. Bu miqdorning 1,75 – 2,0% i doimiy muzliklar va aysberglar holatida yotsa, 0,5 – 0,75% qismi yer osti suvlaridir. Yer yuzidagi daryo va ko'llardagi suv esa jami zaxiraning atigi 0,01% qismini tashkil etadi, xolos. ​BMT ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 2,2 mlrd aholi doimiy ravishda xavfsiz chuchuk suv muammosidan qiynalmoqda. XXI asrning o'rtalariga borib bu ko'rsatkich 4 milliardga yetishi bashorat qilinmoqda. ​@hujayrauz

3,180 views

Na-publish Mar 21

21-mart Xalqaro o'rmonlar kuni🌲 BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi bo'limi (FAO) tomonidan o'rmonlarga quyidagicha ta'rif berilgan: "Maydoni 0,5 gektardan ko'p, daraxtlarining balandligi 5 metrdan baland va ularning shox-shabbasi hududning 10 foizdan ortiq qismini qoplaydigan hududlar o'rmonlar deyiladi. Ularning tarkibiga qishloq-xo'jaligi yoki aholi foydalanadigan yerlar kirmaydi." "Global oʻrmon resurslarini baholash 2020" tomonidan yuqoridagi ta'rif asosida Yer yuzidagi o'rmonlar 4,06 mlrd gektar (quruqlikning 31% i) ekanligi qayd etilgan. O'rmonlar Yerdagi o'simliklar biomassasining 80 foizini tashkil etadi. O'rmonlarning bir necha xillari farqlanadi. FAO'ning so'nggi hisobotlariga ko'ra, O'zbekiston hududining qariyb 8,4 foizi (3,86 mln ga) o'rmonlar bilan qoplangan. So'nggi yillardagi bu o'sish asosan Orol dengizining qurigan tubi va cho'l hududlarida ommaviy ekilayotgan saksovulzorlar (sun'iy o'rmonlar) hisobiga yuz bermoqda. Biroq, shuning atigi 2-3 foizinigina haqiqiy daraxtli o'rmonlar tashkil etadi. Tarixiy statistikaga yuzlansak, mamlakatimizda 1990-yildan 2010-yilgacha har yili o'rtacha 11 550 gektar (0,38%) o'rmon yo'qotilgan. @hujayrauz

2,000 views

Na-publish Mar 21

1,550 views

Na-publish Mar 21

Sog'liq va hissiy holatni kuzatish Noverbal belgilarni o'qishni o'rganing. Ular har doim ham og'riq yoki noqulaylikni so'z bilan tushuntira olmasligi mumkin. Agar xulq-atvorida to'satdan yomon tomonga o'zgarish bo'lsa (yig'lash, o'zini chetga olish, jizzakilik), birinchi navbatda buning jismoniy yoki tibbiy sababini (bosh og'rig'i, charchoq, qabziyat kabi) qidiring. Sokin hudud (Tinchlanish burchagi) tayyorlab bering. Ular hissiy jihatdan charchaganda, asabiylashganda yoki shovqindan toliqqanda dam olishi va o'zi bilan o'zi qolib tinchlanishi uchun xavfsiz va sokin joy ajratib berish zarur. @hujayrauz

1,840 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
NakaraanPahina 1 ng 85Susunod