Nilalaman ng post
Mashina salonining old qismiga monitor o‘rnatishga ruxsat berildi Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, endilikda: ✅ haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin. ✅ haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qo‘llaniladi; ✅ transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi. ❗️Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi). @mashinalar