TGINSIGHT CHAT
Muhammadfozil Ismoilov
@muhammad_fozil
BlogsMuhammadfozil Ismoilovning telegram kanali Kanal haqida fikrlar uchun: @Reader_chatbot
Mga kamakailang post
Pahina 1 ng 85 · 1,013 post
Na-publish Abr 17
Oylarning oʻzbekcha nomlarini bilasizmi? Men ba'zi narsalarni topdim 1. Yanvar - oʻchoq; 2. Fevral - soba; 3. Mart - koʻklam; 4. Aprel - chechak; 5. May - yelvizak; 6. Iyun - kunqizar; 7. Iyul - kunyonar; 8. Avgust - domizliq; 9. Sentyabr - kuzak; 10. Oktyabr - oʻrim; 11. Noyabr - yigʻim; 12. Dekabr - qozon. Xoʻsh,qaysi oyda tugʻilgan ekansiz? @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 12
9-sinfimgacha yakshanba kunlari bozorda savdo bilan shug’ullanib turar edim. O’sha yerda doim bir gapni aytishgan: Sotuvchining 100 ta rad javobidan haridorning 1 ta rad javobi ustunroq Sotuvchi qayta-qayta rad javob bergani uning mutloq bermasligini bildirmaydi. Qachondir rozi qilish imkoniyati qoladi. Ammo haridorning 1 marta rad javobidan keyin sotuvchining majburlashi molning qiymatini tushuradi. Ko’p holatda hayotda ham shu qoida ishlashini ko’raman. Ba’zi turmush yoshiga yetgan qizlarni kuzatgsangiz ularga har tomonlama mos inson uchraydi va o’sha insonni sinash uchun aksariyat holatda bitta xato texnikadan foydalanib qo’yishadi. Ularning fikricha: “Niyyati jiddiy bo’lsa bir nechta rad javoblarimdan keyin ham harakat qiladi” Niyyat jiddiyligi ortingizdan yuradigan qadamlar soniga yoki injiqliklaringizga qiladigan sabriga bog’liq emas. Sizni hali yaxshi tanishga ulgurmagan inson qanday qilib ortingizdan qolmasdan yurishi mumkin? Injiqliklaringizni ko’tarishi mumkin? O’ziga ishongan, anbitsiyali va g’ururli erkaklarni bu ishni qilganini deyarli ko’rmaganman. Ko’rganlarimning aksariyati uylanib olgunicha tonnalab va’dani beradi, ortidan qolmaydi va bir amallab erishadi. Aynan shundaylarning aksariyati ayollarini zarracha qadrlashmaydi. Sababi oddiy: o’zi yaxshi tanimaydigan insonlarga va’dalar beradigan inson va’daning mas’uliyatini his qilmaydi. O’zi yaxshi tanishga ulgurmagan insonning ortidan qolmasdan yurish uchun esa kamida g’ururida ham nuqsoni bo’lishi kerak. Shu ikkita kamchilik: Masuliyatsizlik va g’urursizlik. Bular erishilgan ne’matning shukrini ado etishga to’sqinlik qiladi. Yana shunday tanishlarim bor. Tanlaganiga oson erishgan. Erishish uchun ulardan g’urursizlik talab qilinmagan. Qilinsa ham ular ko’nishmas edi. Shunchaki tanlovni o’zgartirishar edi xolos. G’ururning ham limiti bor. Kimdir erishish paytida yo’qotib qo’yadi va yana kimdirlar erishgani bilan baxtli hayot uchun ishlatadi. Boshidagi misolga bog’liq joyi: Hammasi hammaga ma’qul bo’lgan vaqtda rad javoblar bilan sinamang. Ortga qaytarib bo’lmas xato bo’lib qolishi mumkin. @javokhir_toshpulatov
Na-publish Abr 11
Uzr so‘rash — har doim ham sening noto‘g‘ri ekanligingni, boshqa birining esa haq ekanligini anglatmaydi. Bu shunchaki sen uchun o‘rtadagi munosabatlarning qadri o‘z egongdan (manmanligingdan) muhimroq ekanini anglatadi. Erix Mariya Remark"Qarzga olingan umr" asaridan @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 10
Hamma kanalida "черновик" degan be'mani stiker bilan premium olganini bildirib qo'yyabdi. Maqsad obunachilarni yana kanalga jamlashmi? Oxiri oddiy narsalarda ensa qotadigan bo'lib qoladida borku
Na-publish Abr 9
Uyqu seanslariga to'yish — rost yoki yo'qmi? Bu qisman to'g'ri, lekin xavfli tushuncha: To'g'ri tomoni: Uyqu sikllarda ishlaydi — har bir sikl - 90 daqiqa. To'liq sikllarni uxlab turishning ahamiyati bor. Noto'g'ri tomon ham bor. Uxlab "to'yib olish" — ilmiy jihatdan to'liq mumkin emas Hafta oxirida ko'p uxlash, hafta davomida yo'qotilgan uyquni to'liq qoplamaydi Surunkali uyqu tanqisligi sog'liqqa uzoq muddatli zarar yetkazish boshqa hech narsa emas Sifatli uyqu uchun maslahatlar Har kuni bir vaqtda uxlang va turing Uxlashdan 1 soat oldin telefon/ekrandan uzoqlashing Xona qorong'i, salqin va jim bo'lsin (18–20°C ideal) Kechqurun kofein va spirtli ichimliklardan saqlaning Qisqa kunduzgi uyqu (20–30 daqiqa) foydali, lekin 3dan keyin emas Xulosa: Uyqu — dangasalik emas, eng samarali investitsiya. Katta olimlar, sportchilar va biznesmenlar sifatli uyquni birinchi o'ringa qo'yishadi. 7–9 soat uxlash — bu vaqt yo'qotish emas, balki keyingi kunni 2 barobar samarali o'tkazish garovi. @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 9
Uyqu — bu muvaffaqiyatga to'sqinlik qiluvchi narsa emas, balki muvaffaqiyatning asosi. Ko'pchilik "kam uxlasam, ko'proq ish qilaman" deb o'ylaydi, lekin ilm-fan buning aksini isbotlaydi: Yetarli uyqu xotira, ijodkorlik va qaror qabul qilishni keskin yaxshilaydi Kam uyqu semirish, yurak kasalliklari, diabet xavfini oshiradi Miya uyqu paytida zaharli moddalarni tozalaydi (amyloid plaklari) Yoshga qarab kerakli uyqu miqdori: Yangi tug'ilgan (0–3 oy) 14–17 soat Chaqaloq (4–11 oy) 12–15 soat Kichik bola (1–2 yosh) 11–14 soat Maktabgacha (3–5 yosh) 10–13 soat Maktab yoshi (6–13 yosh) 9–11 soat O'smirlar (14–17 yosh) 8–10 soat Yoshlar (18–25 yosh) 7–9 soat Kattalar (26–64 yosh) 7–9 soat Keksalar (65+) 7–8 soat @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 8
Neandertal va Sapiyens: Kim kim bilan oila qurgan? Olimlar uzoq vaqtdan beri ajdodlarimiz va neandertallar o‘rtasida aloqa bo‘lganini bilishadi (chunki bizning genomimizda 1-2% neandertal genlari bor) Genetik tahlillarga ko‘ra, genlarning tarqalishi bir xil bo‘lmagan: Neandertal genlari asosan erkaklar orqali sapiyenslar populyatsiyasiga kirib kelgan. Sapiyens genlari esa asosan ayollar orqali neandertallar jamiyatiga o‘tgan. Bu degani, aksariyat hollarda neandertal erkaklari va sapiyens ayollari o‘rtasidagi ittifoqdan tug‘ilgan bolalar zamonaviy odamlar guruhida qolishgan va o‘sha genlarni bizgacha yetkazishgan. Olimlar buning bir nechta sababini keltirishmoqda: Ehtimol, sapiyens erkagi va neandertal ayolidan tug‘ilgan o‘g‘il bolalar farzand ko‘ra olmaydigan bo‘lgan. Bu genetikada "Xaldeyn qoidasi" deb ataladi. Balki sapiyenslar jamiyati neandertal erkaklarini (yoki ulardan tug‘ilgan bolalarni) qabul qilishga ko‘proq moyil bo‘lgandir Eng qizig‘i shundaki, zamonaviy odamlarda neandertallarning Y-xromosomasi (erkaklilik belgisi) va mitoxondrial DNKsi (faqat onadan o‘tadigan gen) deyarli uchramaydi. Ya’ni, neandertallarning "erkaklilik" va "onalik" liniyalari vaqt o‘tishi bilan sapiyenslar genofondidan siqib chiqarilgan, lekin ularning oddiy (autosom) genlari bizda saqlanib qolgan. Bizning genomimizdagi neandertal merosi - bu shunchaki tasodifiy aralashish emas, balki murakkab biologik va ijtimoiy jarayonlar natijasi. Bizgacha yetib kelgan neandertal genlarining aksariyati "otalar" tomonidan qoldirilgan meros bo‘lib chiqmoqda. @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 8
Na-publish Abr 7
Inson qila olishingiz mumkin bo‘lgan eng katta yomonlik — uni o‘zi haqidagi to‘g‘ri tasavvurdan mahrum qilishdir. Yaqin insonlarning qo‘rqinchli tomoni ham aynan shunda. Ular sizni tarbiyalaydimi, bo‘ysundiradimi yoki ezadimi — buning ahamiyati yo‘q. Muhimi shundaki, yillar o‘tib inson o‘zi haqida boshqalar qanday o‘ylasa, shunday o‘ylashga odatlanib qoladi. Bu narsa insonni to u isyon ko‘tarmaguncha himoyasiz qilib qo‘yadi. Isyon ko‘tarildimi — demak, ma’nosiz, shafqatsiz va cheksiz dushmanlik boshlanadi... Axir, odamlar odamlar bilan emas, balki ularning bir-biri haqidagi tasavvurlari bir-biri bilan urushadi. ©Richi Dostyan @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 4
Men ranjirmidim, Nastenka! Men sening tiniq, osoyishta baxtingga qora bulutni ravo koʻrarmidim, senga achchiq taʼna qilib nozik dilingni dogʻlarmidim, saodatli daqiqalaringda toza yuragingning sirli ravishda xunob boʻlib xafagazak tepishini istarmidim, sen u bilan birga mehrobga borgan paytlaringda qora sochlaringga tangʻilgan nafis gullardan birortasi ezilishini xohlarmidim... O, hech qachon, hech qachon! Osmoning hamisha tiniq boʻlsin, yoqimtoy jilmayishlaring hamisha nurli va xotirjam boʻlsin, oʻzingdan behad minnatdor boʻlgan begona, yolgʻiz bir qalbga baxsh etganing oniy halovat va baxt uchun hamisha baxtli boʻl! E xudo! Oniy halovat! Bir inson umriga kifoyamasmi bu?.. Fyodor Dostoyevskiy "Oydin tunlar" asaridan @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 4
Shafqatsizga hamma narsa bor, Rahmdilning nasibi – alam. Endi menga nima ham darkor, Achinayin endi kimga ham? Rahmim kelar daydi it ko’rsam, Rahmim kelar o’zimga biroz. Ko’ngil meni qadam-baqadam Mayxonaga keltirgani rost. Ey shaytonlar, kulmang birovga, Shu vatanga begonami biz? YO siz shimni qo’yib garovga, Bir shisha may olmaganmisiz? Derazadan qarayman bir dam, Ro’paramda yolg’izoyoq yo’l. U ham mendek kimsasiz, purg’am, Ko’z yoshiga g’arq bo’lgandek ho’l. Ana, o’ynab yurar bolakay, Tosh irg’itsa, o’shanga xursand. Unda ham bor tashvish, harqalay, Tinmay burun kovlash bilan band. Bu ishingni tashlama, bola, Chuqurroq sol burningga barmoq. O’ynab, zinhor shu kir qo’l bilan O’z qalbingni kavlama biroq. O’ylab ko’rsam, men ham bolaman, Ko’chalarda tentirab bu kun – Tiqin po’kak terib olaman Qalb og’zini berkitmoq uchun. ©Sergey Yesenin @Muhammad_Fozil
Na-publish Abr 4
Taqdir doimo kutilmagan qarorlari bilan seni ojiz qoldiradi. Sen ko‘p narsani rejalashtirishing mumkin, ammo u barcha narsani sening o‘rningga hal qilib bo'lgan bo'ladi. Erix Mariya Remark @Muhammad_Fozil