TGINSIGHT CHAT
wayd
@whydesigner
DesignGrafik dizaynerlarga o'z sohasida rivojlanishga yordam beruvchi kanal
Mga kamakailang post
Pahina 1 ng 16 · 183 post
Na-publish Peb 28
Dizaynerlarga Googledan ajoyib sovg'acha. Qaysi shrift nomini yozsangiz Chrome matnlarni shu shriftda qanday ko'rinishini sizga ko'rsatib beradi. Shriftni qanday ekanini hali komputerga yuklamasdan turib bilish mumkin 👍
Na-publish Ene 31
Na-publish Ene 21
Bu sahna ortida nima ishlar bo‘lgani biz bilmaymiz. Ammo deyarli hech kim e’tibor bermaydigan bir kichkina detalga ko‘zimiz tushdi. Bu detal qahramon oyog‘idagi arqoncha. Tomdan sirpanib tushishi uchun inson tanasiga chetdan ta’sir kuchi ko‘rsatilishi kerak. Shundagina tana tabiiy ravishda harakatga keladi. Inson ataylab o‘zi sun’iy ta’sir ko‘rsatib, zo‘raki qiliq qilsa, tomoshabin ham sezib qoladi, kadr ham tabiiy chiqmaydi. Aynan shuni bilgan film ijodkorlari qahramon oyog‘iga arqon boylab uni pastga tortib, go‘yoki o‘zi sirpanib tushib ketsin, degan holatni chiqarishgan bo'lsa ajab emas. Bu bilan film sifatsizga chiqmaydi, aksincha har bir detalga chuqur e’tibor berib, holatlarni tabiiy yaratish harakati ana shunday bo’ladi. Endi arqon ko‘rinib qoldiku, degan masalaga kelsak, shuni unutmaslik kerakki, film 1978-yilda suratga olingan. U davrda lentaga olinib, kinoteatrda oq bo’z tortilgan joyda qo’yilgan. Bunday sifatda mayda detal ko‘rinmaydi. Bu detallarni biz hozir 4K sifatli ekranda ko‘ryapmiz. U davr uchun bu ko‘rinmaydigan detal edi. Shuning uchun bu yechimni juda yaxshi yechim hisoblaymiz. Filmni esa eng eski o'zbek filmlarining eng yaxshi top 10 ro'yxatiga bemalol joylay olamiz. Endi nima uchun dizayn kanalda bu narsa berildi, degan savol bor. Grafik dizayner bo’ladimi, boshqa yo‘nalishdagi dizayner bo‘ladimi, loyihalardagi har bitta muammo bo’layotgan qismlarda nostandart bo’lsin yoki oddiy bo’lsin, yaxshi yechim taqdim qila olishi kerak. Yechim berildi, endi bu yechim 100 yil yashashi shart, degan fikrdan uzoq bo’lishimiz kerak. Vaqt hamisha oldinga yuradi, yechimlar ham eskiradi. Kechagi yechimlardan yaxshiroq yechim chiqsa, uni ishlatish mumkin. Bu degani hamisha yangi va yaxshiroq bilim olishga intilishda davom etaverish kerak, degani.
Na-publish Ene 21
O‘zbekkinoda ishlangan "Ajoyib hayolparast" filmi ko‘pchiligimizga tanish. Filmda operatorlar, kostum dizaynerlari, ovoz ustalari, akterlar, ssenariy mualliflari, umuman kinodagi har bir kasb egasi o‘z ishini mohirona bajargan. Filmda qiziq sahna bor. Qahramon tomga chiqib, televizor uchun antenna yasaydi. Tomga chiqqanida esa sirpanib tushib ketadi.
Na-publish Dis 27
O'zbekning gapi qiziq. Bu gaplarni to'g'ridan-to'g'ri tushunsak nima bo‘lar edi? 2-qism.
Na-publish Dis 26
O'zbekning qiziq gaplari bor. Agar bu gaplarni to'g'ridan-to'g'ri tushunsak nima bo’lardi? 1-qism.
Na-publish Dis 9
Eski oq-qora suratlarni rangli qiluvchilarga tavsiya📷
Na-publish Dis 1
Bugun kitoblar haqida gaplashamiz📖
Na-publish Nob 19
Bugungi darsimizda fotolar bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rganamiz.
Na-publish Nob 5
Kim qilgan bilmadim logoni. Ammo yaxshi ishlabdi 👍
Na-publish Nob 2
Boshlang'ich darajadagi grafik dizaynerlar uchun matn bilan ishlashga oid oddiy qoidalar 2-qism.
Na-publish Nob 1
Boshlang'ich darajadagi grafik dizaynerlar uchun matn bilan ishlashga oid oddiy qoidalar