Gönderi içeriği
Yuqoridagi postga izohim. Bunaqa xabarlarni yuborishdan avval ozgina hamma narsaga yetgan,ayniqsa odamlarni gʻiybat qilishdan qoʻrqmaydigan miyangizni ishlating. Oʻylab koʻrdingizmi?Qanday qilib,megabayt berishi mumkin? -Agar shunday boʻlganida, Oʻzbekistonda hech kim internet qimmatligi yoxud sifatidan nolimas edi. Shu oʻrinda baʼzi maʼlumotlarni keltirmoqchiman.Koshki,tushunsangiz. Aloqa kompaniyalari (Beeline,Ucell,Uzmobile,Mobiuz, Perfectum va b.q) avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydi. Sizning balansingizdan qachonki,mablagʻ yechib olinsagina,xizmatlar va tariflardan foydalana olasiz. Ikkinchi tomondan,Telegram mana qariyb 8 yilki oʻz foydalanuvchilarining maʼlumotlarini juda mustahkam himoyalab kelmoqda.Bu degani, sizning akkauntingizga hech kim kirolmaydi (ruxsatsiz). Yana bir savol: Siz bu xabarni aynan 5 ta guruhga yuborganingizni qayerdan bilishadi ? Javobni yana oʻzim beraman.Buning faqat birgina yoʻli bor.U ham boʻlsa,shaxsiy maʼlumotlaringizni siz ishlatayotgan kompaniya xodimlari bilishsa( goʻyoki ularni boshqa ishlari yoʻqdek) Keling,endi xabarni kelib chiqish sabablari haqida ham biroz suhbatlashsak. Shu va shu kabi xabarlar,aslida eng ongli insonlardan kelib chiqadi.Ular insonlarning ongini shunaqa yolgʻon va boʻhton xabarlar orqali zaharlashadi va bu orqali ularning qilmoqchi boʻlishayotgan ishlariga toʻsqinlik muammolarini kamaytirishadi.Qarabsizki,biz yana XIX - XX asr odamlari singari gapiradigan hayvon boʻlib qolamiz. Xulosa oʻrnida aytmoqchi boʻlganim shuki,miyangizdagi yogʻlarni eritib tashlang. Hamma ham xato qiladi.Endi,xato qilishni bas qiling🙂 P/S: Qoʻpol gaplarim uchun uzr! Qani shu xabarni tarqatingchi,qoʻlingizdan kelsa agar))) @rasuloff_uz