TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← E-soft
E-soft avatar

TGINSIGHT POST

Post #1274

@esoftuz

E-soft

Görüntülemeler1,660Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı22 Haz22.06.2021 07:56
İçerik

Gönderi içeriği

#shunchaki#izoh#fikr Quyidagicha bot yasab sotuvchi "dasturchi" va c/p masterlarini deb haqiqiy oʻzi ishlaydigan dasturchilar ham kerakli narx qoʻya olishmay qoldi. Masalan bizga ham yozib qolishadi "aka falonchi tekinga/5 000 soʻmga/100 ta odam qoʻshishga qilib berar ekan, nega sizda buncha qimmat?" Koʻrib turganingizdek c/p "coder"larning ishini bizga ham daxli bor. Ular tayyor kodni nusxalab bot ochib berishadi va evaziga 5000 🤦‍♂ Menimcha bunaqa narsalarga ham oʻzimiz ayibdormiz. Qolganlar ham oʻrganishi uchun oʻzimiz yozgan kodlarni ommaga taqdim etamiz va c/p chilar darrov bundan ham pul ishlashni koʻzlashadi. Menimcha hozirda bu holat faqatgina telegram bot dasturchilarida kuzatilmoqda, yaqin orada backend va frontend developerlarga ham kirib kelmasa mayli edi!