TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← E-soft
E-soft avatar

TGINSIGHT POST

Post #1360

@esoftuz

E-soft

Görüntülemeler669Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı8 Ağu08.08.2021 18:04
İçerik

Gönderi içeriği

Windows'dan Linux'ga nega ko'chishimiz kerak? Mana bu yil 25-avgustda Linux 30 yoshni qarshi oladi. Manashu 30 yil davomida U Windows'ga jiddiy raqobatchi bo'lib yetishdi. Linux har joyda, Android qurilmalar, aqlli soatlar, yugurish yo'lagi ana boringki kosmik kemalarda ham. Linux Fondi ma'lumotlariga qaraganda dunyodagi har 10 ta kompyuterdan 9 tasida Linux ishlaydi. Qolgan bittasida yo Windows yoki BSD ishlaydi. Linux nafaqat gigant loyihalarda, balki oddiy kompyuterda ham ishlaydi va Windows'ga qaraganda so'ngi 5 yilda juda tez o'sayapdi. Keling endi Windows'dan Linux'ga nega ko'chib o'tish kerakligi haqida 5 ta sabab aytsam. - Linux doimo bepul - Linux kompyuter viruslariga chidamli. (Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytaman. Hali biron marta Linux'da virus uchratganim yo'q) - Ochiq manbaali (Linux OSning dasturiy manbaasi ochiq holatda saqlanadi va uni ushbu linkdan yuklab olishingiz mumkun) - Linux boshqa operatsion tizimlarga qaraganda ancha tez ishlaydi - Moslashuvchan. (Linux eski kompyuterlardan tortib, eng so'ngga super kompyuterda ham ishlayveradi) Linux'ning O'zbekistonda ham Jamolari bor. Ularga misol qilib Xinux'ni keltirish mumkun. Ushbu hamjamiyat O'zbekistondagi rasmiy Linux hamjamiyati bo'lib Linux asosida zamonaviy o'zbek Linux operatsion tizimini ishlab chiqmoqda. Xinux hamjamiyatiga qo'shiling: @xinuxuz