Gönderi içeriği
XX asrning 60- yillari. Insoniyat tarixida katta inqiloblar boshlanishiga sabab boʻlgan davr. Ha oʻsha yillari, hozirgi eng katta qurol boʻlmish "oʻrgimchak toʻri" tugʻila boshlagandi. Unga juda koʻp insonlar "doya" lik qilishdi. Asta- sekin ulgʻaya boshladi. Farzandlar koʻrdi. Ana shunday farzandlaridan biri - bu Ijtimoiy tarmoqlardir. Ijtimoiy tarmoqlar bugun soat sayin "oʻsmoqda". Ularda har bir foydalanuvchi oʻz fikrini bemalol, qoʻrqmay ayta oladi. Gaplarining toʻgʻriligiga amin boʻlishmasa ham. Har kim erkin boʻlishi, bu juda yaxshi. Afsuski, guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, qora niyatli insonlar ham, bunday "keng imkoniyat" lardan "oqilona" foydalanishmoqda... Ular turli tarmoqlarda shaxsiy sahifalarini ochib, niqob ostida maʼruzalarini joylashmoqda. Bir qarashda, ularning gapi toʻgʻridek, goʻyo. Ammo, diqqat bilan izlansangiz, xato fikrlaganingizni tushunasiz. Menda bu kabi maʼruzlarga isbot yoʻq, isbotlamoqchimasman ham. Ular oʻz maʼruzalarida, Islom dinini yuksakka chiqarishadi, afsuski "ezgu gʻoyalar" bilan... Ularning domiga ilingan tarmoq foydalanuvchilari esa, oʻsha "domla" ning aql-u zakovatiga tan berib, ulugʻlashadi. Uni qattiq hurmat qilishadi. Va hatto, dinga qarshi chiqib, haqiqiy domlalar bilan ham tortishishga borishadi. Soʻnggi 2-3 yilda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yil yakunida ikki guruhga boʻlinishadigan boʻlishdi. Birlari, "Yangi yil" ni nishonlash halol deyishsa, boshqalari "harom" deyishadigan boʻlishdi. Aslida 1- yanvar "Rojdestvo" bayrami sifatida nishonlanadi. "Rojdestvo" esa, xristianliklar uchun bayramdir. Ushbu kunni harom deya tortishuvchilarga ushbu savollar ila yuzlanmoqchiman. • Kimnidir haqorot qilsak; • Kimningdir koʻngliga ozor bersak; • Ota- onamizni hurmat qilmasak; • Mast qiluvchi ichimliklar ichsak; • Kimningdir soddaligidan foydalansak; • Pulimizni yetimlarga emas, kayf-safoga sarflasak; • Yolgʻon va tuhmatlar qilsak dinimizda bular halolmi? Men bayramni nishonlamang demayman. Esingizdami, bolaligingizda qanchalik shoʻx edingiz, yangi yil kelishini intiqlik bilan kutardingiz. Oʻsha kuni hammayoq bezatilar, archalarda yorqin ranglar jilolanardi. Mayli, siz nishonlamang. Lekin, oilangizdagi jajji goʻdaklar uchun yangi yilni tashkillashtirib bering. Axir ular bu kunni qanchalik intizor boʻlib kutishgan. Ular begunoh, ularda ayb yoʻq. Mayli, harom boʻlsin bu bayram. Lekin, bilasizmi, bitta bolaning jajji jilmayishiga minglab gunoh qilishga rozi boʻlasiz, ishoning qadrdonim. Shu oʻrinda eslatib oʻtmoqchiman. Hadis va oyatlarda oʻzga dinni hurmat qilish haqida juda koʻp rivoyatlar qilingan. Gunohimizni Oʻzi kechirsin. Har on, har soniya gunoh qilamiz. Ey Qudrati Cheksiz, barcha gunohlarimizni magʻfirat qil🤲 Jahongir Rasulovmaqolasi @rasuloff_uz - hammasi yaxshilikka!