TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← E-soft
E-soft avatar

TGINSIGHT POST

Post #1671

@esoftuz

E-soft

Görüntülemeler277Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı13 Tem13.07.2023 08:47
İçerik

Gönderi içeriği

MVC, MVP, MVVM, MVVM-C va VIPER arxitektura shablonlari bir-biridan nimasi bilan ajratib turadi? Ushbu arxitektura shablonlari WEB, iOS yoki Android platformalarida dasturlarni ishlab chiqishda juda ko'p qo'llaniladi. Dasturchilar ularni oldingi eski shablonlarning cheklovlarini yengish uchun o'ylab topishgan. Xo'sh, ular qanday farq qiladi? Rasmga qarang 😁 - MVC, eng qadimgi shablon. Deyarli 50 yil oldin paydo bo'lgan - Har bir shablon kontentni ko'rsatish va foydalanuvchi ma'lumotlarini qabul qilish uchun javob beradigan "ko'rinish" (V) ga ega - Aksariyat shablonlar biznes ma'lumotlarini boshqarish uchun "model" (M) ni o'z ichiga oladi - "Controller", "presenter" va "view-model" bu ko'rinish va model o'rtasida vositachilik qiluvchi o'tkazuvchi (tarjimonlar desa ham bo'ladi) (VIPER shablonidagi "entity") - Ushbu o'tkazuvchilarni yozish murakkab bo'lishi mumkin, shuning uchun ularni yanada barqaror qilish maqsadida boshqa shablonlar ham taklif qilingan @ODavronov