TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← E-soft
E-soft avatar

TGINSIGHT POST

Post #335

@esoftuz

E-soft

Görüntülemeler387Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı3 Mar03.03.2020 11:50
İçerik

Gönderi içeriği

​​​Sifatli tayyorgarlik – talaba bo‘lish garovi! Talaba bo’lish istagida bo’lgan abituriyentlar uchun sifatli tayyorlarlik ko’rish talaba bo’lishning garovidir. Bunda ularning test jarayonlari haqida tushunchaga va amaliy ko’nikmaga ega bo’lishlari juda muhim. Bitiruvchi kurs (sinf) o‘quvchilari uchun diagnostik test sinovlari o‘tkazilayotganligi, e-Sinov tizimi orqali Telegram messenjerida @dtmxizmatbot telegram boti ishga tushirilganligi, Davlat test markazi va “DAVR PRESS” nashriyoti hamkorligida test topshiriqlari to‘plamlarining taqdim etilganligi, shuningdek, test sinovlariga joriy o‘quv yilidan boshlab joriy etilayotgan majburiy va tanlangan yo‘nalishga oid fanlar bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish hamda tayyorgarlik ishlari uchun www.5fan.dtm.uz sayti ishga tushirilganligi, joylarda hukumat qarorlari sharhiga va mavjud tartib-qoidalarga bag‘ishlangan uchrashuvlar, davra suhbatlari, o‘quv-seminarlar va ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinayotganligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarga qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ushbu yo‘nalishda Davlat test markazi va uning viloyatlardagi bo‘limlari, ayniqsa, Sirdaryo viloyati bo’limi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Bu esa Sirdaryo viloyati abituriyentlari uchun katta imkoniyatlar taqdim etmoqda. Xususan, viloyatda abituriyentlarga jami 5560 ta diagnostik test materiallari, 2580 ta test topshiriqlari to‘plamlari yetkazib berildi. Qayd etish kerakki, o‘tkazilayotgan diagnostik test sinovlari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formati (tartibi)da tashkil etilmoqda – katta sig‘imli binolar tanlandi, binoga kirishda har bir o‘quvchi tekshirildi, o‘rindiqlar raqamlandi, har bir partada ichimlik suvi, havorang sharikli ruchka, “Abituriyentga eslatma” qo‘yib chiqildi, shuningdek, binolar test sinovi tugash vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron soat, videokuzatuv kameralari bilan jihozlandi. Viloyat bo‘yicha ikki kun davomida o‘tkazilgan bunday tadbirlarda 25 ta hudud qamrab olinib, 174 ta ta’lim muassasalaridan jami 3700 nafar o‘quvchi jalb etildi. O‘rnatilgan tartib asosida hududlarda tashkil etilayotgan bunday tadbirlar, o‘z navbatida, joriy yil bitiruvchilarida test sinovi topshirish ko‘nikmasini hosil qilishga xizmat qilmoqda. Ⓜ️#rasmiydtm