Gönderi içeriği
Telegram tomonidan o‘rnatilgan cheklov va chegaralar haqida bilasizmi? Ayni damda yurtimizda eng ko‘p foydalaniladigan telegram messenjeri haqida ayrim qiziqarli faktlardan xabaringiz bormi? Tarmoqda texnik savodxonlik haqida yuritiladigan texnoblog The Ficha.uzʼda telegram tomonidan kiritilgan cheklov va chegaralar, shuningdek, maksimum belgilar haqida ma’lumot berildi. 1. Guruhlar — 200 dona guruhga obuna bo‘lish mumkin 2. Username uzunligi — 5 dan 32 gacha 3. Qadalgan(Zakrepit, Pin to top) qilingan — 5 ta 4. Super guruhlar — 100 000 ishtirokchi 5. Spam-blokirovka — 3 kundan boshlab – umrbod blokirovka 6. Botning about (profilining) menyusi uzunligi — 0 dan 120 gacha 7. Guruhga qo‘shish — 50 tagacha 8. Public (ommaviy) kanal — 8 tagacha yaratish mumkin 9. Kanalga obunachi qo‘shish — 200 tagacha 10. Fayl yuklash — 1.5 GB maksimum 11. Kanalning tavsifi (profili, haqida) — 255 tagacha belgi 12. Bio uzunligi — 70 ta belgi 13. Xabar uzunligi — 4096 ta belgi 14. Botning tavsifi (“What can do this bot?” menyusi) — 512 tagacha 15. Botfather orqali yaratilgan botlar soni — 20 16. Fotoalbom — 10 ta rasm 17. Stikerpaklar — 200 dona 18. Rasmli postning uzunligi — 200 ta belgi 19. Aktiv bo‘lmagan akkauntning deaktivasiyasi — 1 oydan 1 yilgacha. Sozlash “Nastroyki konfidensialnosti” menyusida 20. Xabarlarni tahrirlash — 48 soat ichida 21. Administrator o‘z kanaliga obuna bo‘lgan faqat 200 ta odamni ko‘rishi mumkin(qolgani qidiruv orqali topish mumkin). 22. Obunachisi 1 000 tadan ortiq bo‘lgan kanalni faqatgina administrasiya yordamida o‘chiriladi 23. Telegrafda yozilgan matn uzunligi — 32 798 belgi 24. 500 tagacha kanalga obuna bo‘lish mumkin 25. Video xabar uzunligi — 1 daqiqa (dumaloq video) Ⓜ️: sof.uz