TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← E-soft
E-soft avatar

TGINSIGHT POST

Post #641

@esoftuz

E-soft

Görüntülemeler678Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı23 May23.05.2020 19:10
İçerik

Gönderi içeriği

🔖MULOXAZA UCHUN... 🗯Bolakay poyafzalini dengizda yo‘qotib qo‘yibdi. Shunda dengiz sohiliga borib "DENGIZ O‘GʻRI" deb yozib ketibdi..! 🗯Sal nariroqda esa baliqchi juda ham ko‘p baliq ovlabdi. Shunda dengiz sohiliga "DENGIZ SAHIY" deb yozib, ketibdi..! 🗯Yoshgina yigit dengizda cho‘kib, vafot etibdi. Farzandidan judo bo‘lgan ona sohilga kelib "DENGIZ QOTIL" deb yig‘lab, yozib ketibdi.. 🗯Keksa otaxon kelib, dengizdan juda ham ko‘p durlar topib olibdi. Shunda dengiz sohiliga "KAROMATLI DENGIZ" deb hursand bo‘lib, yozib ketibdi..! So‘ngra dengiz to‘lqinlari kelib, hamma sohilga yozilgan yozuvlarni o‘chirib yuboribdi... ... Shunday ekan, boshqalarning gap so‘zlariga parvo qilma. Chunki har bir shaxs dunyoga o‘zining nazari bilan boqadi.. 🗯«Do‘stlikni» davom ettirishing uchun, hamma xatolarni o‘chirib tashla. Ammo, xatolarni deb «do‘stlikni» o‘chirib yuborma.. 🗯Birov senga «yomon gap» aytdimi? Sen ham «yomonlik bilan javob» qaytarishni o‘ylama. Balki «yaxshilik bilan javob» berishni o‘yla!👇🏼 @Ahrorbek_221