TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← E-soft
E-soft avatar

TGINSIGHT POST

Post #749

@esoftuz

E-soft

Görüntülemeler1,530Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı26 Tem26.07.2020 08:31
İçerik

Gönderi içeriği

Profil videolari, 2 GB fayl ulashish, yaxshilangan Yaqin-atrofdagi odamlar va boshqalar Telegram endi dunyodagi top 10 ta eng koʻp yuklab olingan va eng koʻp foydalanilgan ilovalar orasida. Fayllarni yuborish uchun cheklovlar oshirildi • Istalgan turdagi cheklanmagan fayllarni ulashing va saqlang, endi har biri 2 GB gacha. Profil videolari • Statik rasm oʻrniga profil videosini oʻrnating. • Effektlarni tatbiq qiling va profil videongiz muqovasi sifatida eng yaxshi kadrni tanlang. • “Asosiy sifatida oʻrnatish” tugmasini bosish orqali avvalgi profil rasmi yoki videosiga tezda qayting. Yaxshilangan Yaqin-atrofdagi odamlar • Kimdir siz Yaqin-atrofdagi odamlar funksiyasi orqali bogʻlansa, chat sherigingiz qanchalik uzoqdaligini koʻring. • Chatni Yaqin-atrofdagi odamlar ekrani orqali ochganingizda salomlashish stikeri taklifini oling. Kichik eskizlar, guruh statistikasi va boshqalar • Chatlar roʻyxati, xabarlar qidiruvi va bildirishnomalarda kichik eskizlar yordamida xabarda qanday mediafayl borligini koʻring. • Siz egalik qiluvchi katta guruhlarda batafsil statistikani koʻring. • Agar juda koʻp eʼtibor qaratayotgan boʻlsangiz, Maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarida kontakt boʻlmaganlarda barcha yangi chatlarni avtomatik arxivlash va sukut qilish uchun almashtiring. • Mediafayl tahrirlagichda videolarni qirqing va buring. • Taronalaringizni toʻliq yangilangan musiqa pleyeri bilan oʻzgacha uslubda tinglang. • Kiritish maydoni oʻlchami oʻzgarganda ravon animatsiyalardan zavqlaning. • Gol urish yoki urmasligingizni tekshirish uchun bitta futbol ⚽️ emojisini yuboring. Bu yangilanish haqida batafsil: https://telegram.org/blog/profile-videos-people-nearby-and-more/uz