TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← E-soft
E-soft avatar

TGINSIGHT POST

Post #887

@esoftuz

E-soft

Görüntülemeler1,030Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı30 Eyl30.09.2020 17:24
İçerik

Gönderi içeriği

Qidiruv filtrlari, anonim administratorlar, kanal fikrlari va boshqalar Qidiruv filtrlari • Global qidiruvdagi yangi filtrlar yordamida xabarlarni turi, sanasi yoki manbasi asosida qidiring. • Siz qachondir yuborgan yoki olgan barcha mediafayl, havola yoki hujjatlarni koʻrish uchun varaqlardan foydalaning. • Qidiruv natijalarini sana (masalan, 2015-yil, iyul yoki 4-apr) yoki manba (odamlar, guruhlar, kanallar, botlar) asosida filtrlang. Anonim guruh administratorlari • Administrator huquqlarida ularga guruh nomidan post qoldirish va aʼzolar roʻyxatida koʻrinmaslik imkonini berish uchun “Anonimlik” bandini yoqing. Kanal fikrlari • Muhokama guruhiga ega kanallardagi postlarga fikr bildiring. • Yangi Javoblar chati orqali firklaringizga bildirilgan javoblar haqida bildirishnoma oling (agar muhokama guruhining aʼzosi boʻlmasangiz). • Yangi kanal fikrlarini tekshirish uchun @durov kanaliga kiring. Yangi animatsiyalar va yaxshilanishlar • Yangi animatsiya bilan klaviaturani chiqaring yoki berkiting. • Kun-tun mavzusi tugmasini bosishda yangi animatsiyadan zavqlaning. • Guruh chatlarida profil rasmlarini kattalashtirish uchun ularni bosib turing. • Hisob almashtirgichda boshqa hisobni bosib turish orqali uning chatlar roʻyxatiga nazar soling. • Xabarlarni oʻchirish, bildirishnomalarni oʻzgartirish, mediafayllarni saqlash va boshqa amallar paytida animatsiyali qalqib chiquvchi oynalarni koʻring. Ovozsiz xabarlar endi Maxfiy chatlarda • Maxfiy chatlarda Yuborish tugmasini bosib turish orqali xabarlarni ovozsiz yuboring. Bu yangilanish haqida batafsil: https://telegram.org/blog/filters-anonymous-admins-comments/uz