TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ishcom | Vakansiyalar
Ishcom | Vakansiyalar avatar

TGINSIGHT POST

Post #4302

@ishcomuz

Ishcom | Vakansiyalar

Görüntülemeler7,800Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı26 Haz26.06.2025 08:06
İçerik

Gönderi içeriği

❗️Obyektivka, Rezyume va CV — bularni farqlay olmasangiz, ish topshirishdan oldin shu postni o’qing. Ko’pchilik talabalar ishga hujjat topshirayotganda aynan qaysi hujjat kerakligini bilmaydi. Bu esa nomuvofiqlik va salbiy taassurotga olib kelishi mumkin. 🔍Keling, uchtasining farqini tushunib olaylik: 📌Obyektivka (Ma’lumotnoma) – Davlat tashkilotlariga kerak bo’ladigan hujjat. Unda ishlagan joylaringiz, oila-a’zolaringiz va faxriy unvonlaringiz haqida qisqacha faktlar bo’ladi. Emotsiyasiz, rasmiy shakl. 📌Rezyume – Oddiy va zamonaviy ish beruvchilarga topshiriladigan hujjat. Unda qisqa, ammo lo‘nda tarzda tajriba, yutuq va natijalaringiz yoziladi. Minimalistik dizayn va samaradorlikni ko‘rsatadi. 📌CV (Curriculum Vitae) – Ko‘proq akademik yoki xalqaro tashkilotlarda talab qilinadi. Sizning ilmiy maqolalaringiz, izlanishlaringiz, grantlaringiz, konferensiya ishtiroklari va boshqa ilmiy faoliyatingiz yoritiladi. 📥Ishga hujjat topshirishdan oldin, aynan sizdan qaysi biri talab qilinayotganini bilib oling. Har birining o’z o’rni bor. @xodimshunos