TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ishcom | Vakansiyalar
Ishcom | Vakansiyalar avatar

TGINSIGHT POST

Post #4810

@ishcomuz

Ishcom | Vakansiyalar

Görüntülemeler6,100Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı8 Eki08.10.2025 20:17
İçerik

Gönderi içeriği

150 yevro bilan 4700+ obunachi olib keldim Loyiha: Talabalar uchun vakansiya kanali (@talabalar_uchun_ish) Targetga sarflangan budjet: 150 yevro (soʻmda 2 mln) Obunachilar soni: 4700+ qoʻshildi 1 ta obunachi narxi: 425 soʻmdan tushdi oʻrtacha Eng yaxshi ishlagan CTR: 4.14% Toʻliq tahlili bu yerda:👇 1. Eng samarali kampaniya — 20.49% CVR Bu degani, har 5-klikdan bittasi kanal a’zoligiga aylangan. Sir — aniq CTA (Join / Qo‘shiling) va auditoriya og‘rig‘iga mos vizualda. Odam reklama ko‘rgan zahoti o‘ziga kerak narsa ekanini sezgan. 2. Eng katta auditoriya — 2.2 milliondan ortiq ko‘rish CTR 0.96% bo‘lishiga qaramay, bu kampaniya brendni tanitish uchun juda kuchli bo‘ldi. Keng ommaga yo‘naltirilgan reklamalarda asosiy maqsad — ko‘rishlar orqali ishonch shakllantirish, va bu yerda aynan shunday bo‘ldi. 3. Tor segment testlari 4 ming va 16 ming ko‘rishli kampaniyalar test sifatida o‘tkazilgan. Natijada shuni aniqladim: auditoriyani joylashuv yoki yosh bo‘yicha emas, motivatsiya bo‘yicha bo‘lish — ancha kuchli natija beradi. 💡Xulosa qilsak ✅CTR 0.7–1% — Telegram Ads uchun yaxshi ko‘rsatkich. ✅CVR 18–20% — organik oqimga yaqin darajadagi sifatli trafik. ✅A/B testlar orqali CPA (bir obuna uchun xarajat)ni sezilarli kamaytirish mumkin bo‘ldi. ✅Qisqa, sodda matnlar — eng yaxshi ishlagan. Auditoriya soddalikni va aniqlikni qadrlaydi. ✅Loyihangiz, biznesingiz uchun Telegram Ads'dan hozir foydalanmasangiz, ertaga kech boʻladi. Chunki yaxshi qiz mahalladan ortmaydi deganday, arzon obunachi ham Telegram Ads'dan ortmaydi) @ozbekchayoz