TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ishcom | Vakansiyalar
Ishcom | Vakansiyalar avatar

TGINSIGHT POST

Post #5013

@ishcomuz

Ishcom | Vakansiyalar

Görüntülemeler3,280Gönderi görüntüleme sayısı
Yayınlandı13 Ara13.12.2025 17:11
İçerik

Gönderi içeriği

Katta IT loyiha uchun Operatsion Menejer kerak Biz O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritishga mo‘ljallangan yirik IT loyiha uchun mas’uliyatli va tizimli fikrlaydigan Operatsion menejer qidirmoqdamiz. Loyiha transport va servis yo‘nalishida bo‘lib, keng ko‘lamli va uzoq muddatli rivojlanishga ega. Oylik: Kelishiladi (tajriba va ko’nikmalarga qarab) Ish vaqti: 09:00 - 18:00, 6/1 Manzil: Samarqand shahri, Vokzal tomonda 🔎 Talablar: • Operatsion jarayonlar yoki platforma boshqaruvida tajriba • CRM / admin panel bilan ishlash ko‘nikmasi • Tez qaror qabul qila olish • Mas’uliyatli va stressga chidamli • Excel / Google Sheets bilan ishlay olish 📌 Vazifalar: • Buyurtmalarni real vaqtda monitoring qilish • Tizimda foydalanuvchilarni (hamkorlar) aktivlashtirish va boshqarish • Narxlar, marshrutlar va jadvalga oid sozlamalarni nazorat qilish • Texnik va operatsion muammolarni tez aniqlash va tegishli jamoaga yetkazish • Muammoli holatlarni eskalatsiya qilish • Kunlik va haftalik operatsion hisobotlarni tayyorlash • Platforma jarayonlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash Ariza topshirish uchun: @wipdoer_hr_bot