Gönderi içeriği
Numeo da — Product Manager vakansiyasi. Numeo — AQSH trak va logistika bozori uchun AI-agentlar (AI agents) yaratayotgan texnologik startap. Jamoamizga mahsulotni his qiladigan, foydalanuvchi muammosini tushunadigan va katta ta’sir qilishni istaydigan Product Manager qidirmoqdamiz. Asosiy vazifalar * Mahsulot strategiyasi va roadmap tayyorlash * Foydalanuvchilar muammosini o‘rganish (interview, research) * Dasturchilar, dizaynerlar va biznes jamoasi bilan yaqin ishlash * Feature’lar bo‘yicha prioritet qo‘yish va natijani o‘lchash * Metrikalar orqali qaror qabul qilish (activation, retention, usage) * MVP dan production’gacha bo‘lgan jarayonni boshqarish Talablar * Product Manager sifatida 2+ yillik tajriba * Analitik fikrlash va data bilan ishlay olish * UX / UI tushunchasi * Initsiativalik va ownership hissi Sizga plus, agar ushbu tajriba bo‘lsa: * AI mahsulotlar yoki SaaS tajribasi * Logistika yoki marketplace sohasida ishlagan bo‘lish * Amplitude, Mixpanel, Figma kabi instrumentlar bilan ishlash tajribasi Biz nima taklif qilamiz * Maosh bozordan baland * Kompaniya aksiyalari (ESOP) * Amerika bozoridagi mahsulotda ishlash * Kuchli va tez o‘suvchi jamoa Agar siz mahsulot yaratishni yaxshi ko‘rsangiz, foydalanuvchilar hayotini yengillashtiradigan yechimlar qilishni istasangiz va global startap muhitida o‘sishni xohlasangiz — Numeo siz uchun to‘g‘ri joy. Rezyumeni [email protected] ga yuboring. O‘zim intervyu qilaman.