TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Назад до каналів
ШАҲНОЗА РЎЗИЕВА avatar

TGINSIGHT CHAT

ШАҲНОЗА РЎЗИЕВА

@kamina_shahnoza

Art

Kaminaning ijodi @Kechikkan_baxor

Підписники126Поточна кількість підписників
Відстежувані пости1,012Кількість проіндексованих постів
Нещодавнє охоплення2,425Сума переглядів останніх постів
Останні пости

Останні пости

Сторінка 1 з 85 · 1,012 постів

Опубліковано 13 днів тому

КУТУБХОНАЧИ ҚАСАМЁДИ Байрам, совға нима билмайман, Мукофотни тушда кўрмайман, Лек ўзимни ҳафа қилмайман, Бундан кейин оддий бўлмайман. Камситдилар камтарин бўлсам, Туртдилар жимгина турсам ҳам, Кулдилар кўзимда кўриб нам, Бундан кейин оддий бўлмайман. Тўплаб барча имконлар кучин Олиб изсиз йилларнинг ўчин, Курашаман мақсадим учун, Бундан кейин оддий бўлмайман. Менинг касбим хурматга лойиқ, Билиб қўйсин буни ҳалойиқ, Банда эмас қўлловчим Ҳолиқ, Бундан кейин оддий бўлмайман! 21 05 2026 Рўзиева Шаҳноза

291 views

Опубліковано 13 днів тому

✨ODDIY KUTUBXONACHI Hayotdan nolimaydi, Charchamas xorimaydi, Mehnat qilib tolmaydi Oddiy kutubxonachi. Ishlar ulugʻ yoshda ham Kitobxonni der "bolam". Orzusi olam-olam Oddiy kutubxonachi. Shukr qilib yashaydi, Halol nonin oshaydi, Bolariga oʻxshaydi Oddiy kutubxonachi. Yurar sipo, xotirjam Maoshi boʻlsa ham kam, Shikoyat qilmas hech ham Oddiy kutubxonachi. Barcha olsin, deb taʼlim, Darsliklarni tashir jim, Zahmating tushunar kim, Oddiy kutubxonachi. Sheʼrim hazil boʻlsa ham, Haqiqatlar unda jam. Shoiramasman, men ham Oddiy kutubxonachi. Fursati keldi tobga, Yelkang tegar oftobga Arziysan eʼtirofga Oddiy kutubxonachi. ✍️Shaxnoza Roʻziyeva Toshkent shahar 👉@tsullibrary👈

44 views

Опубліковано 14 днів тому

ҚАНИЙДИ 21 май кутубхоначилар куни (расман тасдиқланмаган) Ярим кўнглим қани тўлсайди, Ғамгин кўзим яшнаб кулсайди. Календарда белги қилинган Ўзимнинг байрамим бўлсайди. Шу орзуим Тангрим қўлласа, Олам чирой очиб гулласа, Прездентим табрик йўлласа, Ўзимнинг байрамим бўлсайди. Қувончимдан кўзим бўлиб нам, Юрагимдан ювилса алам, Совға - фахрий ёрлиқ бўлса ҳам, Ўзимнинг байрамим бўлсайди. Фақат қарсак уриб чарчадим, Ширин ҳаёл суриб чарчадим, Турфа сафда туриб чарчадим, Ўзимнинг байрамим бўлсайди. Кўтаринки шеърлар битсайдим, Шодлигимни баён этсайдим, Дунёдан беармон кетсайдим, Ўзимнинг байрамим бўлсайди. Ёзганларим кўнглимда бори, Битта кутубхоначи зори, Барча азиз касблар қатори, Касбимнинг байрами бўлсайди. ШАҲНОЗА РЎЗИЕВА 03 09 2022

757 views

Опубліковано 29 днів тому

Чоршанба спорт куни!

127 views

Опубліковано 27 квіт.

📥 @TaronamBotorqali istagan musiqangizni tez va oson toping!🚀

160 views

Опубліковано 27 квіт.

УНУТОЛМАСАМ Кўзимдан ёшларим селдек оқсада, Кўрганлар телба деб кулиб боқсада, Алам юрагимга оташ ёқсада, Не қилай мен сени унутолмасам. Нотаниш сўқмоқни йўл тутолмасам. Саратон сўнггида чаққан чақиндек, Йўлиқдинг, ҳайратда қолдирибла тек Кетдинг, ҳасратимга ёлғиз ой шерик Не қилай мен сени унутолмасам. Бўзлаётган қалбни овутолмасам. Таним қовжиради муҳаббатингдан, Англадим сен учун тенгинг эмасман, Лекин ўжар кўнгил тан олса экан, Не қилай мен сени унутолмасам. Илинжинг баҳридан ҳеч ўтолмасам. Умидсиз бир одим ташлаш бир оғир, Янги саҳифадан бошлаш бир оғир, Ярадор дил билан яшаш бир оғир, Не қилай мен сени унутолмасам. Унутиб олдингга шаҳд кетолмасам. ШАҲНОЗА РЎЗИЕВА "Болаликка қайтгим келади" китобидан.

150 views

Опубліковано 25 квіт.

Бангладеш элчихонасидаги тадбирга қатнашдик.

136 views

Опубліковано 19 квіт.

📥 @TaronamBotorqali istagan musiqangizni tez va oson toping!🚀

157 views

Опубліковано 19 квіт.

*** Оҳ, сени шунчалар яхши кўраман, Майли, девона ё телба десинлар. Бошқалар, юрагим покиза ишқинг Билан тириклигин, қайдан билсинлар. Ва сендан воз кеча олмадим асло, Турсанг ҳам гоҳида, кўзларим ёшлаб. Мана, тутганингча маҳкам, қўлимдан, Кетяпсан, энг ёруғ йўлларга бошлаб. Сен туфайли барча азобим, дардим, Сабабчисан барча шодлигимга ҳам. Балким, фарзандлик ё оналиккамас, Сени севиш учун яратган Эгам. Шаҳноза Рўзиева 14 09 2024

156 views

Опубліковано 17 квіт.

#yoshlar_kuni#rektor_va_yoshlar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yoshlar kuni” doirasidagi rektor va yoshlar muloqoti bugun ham davom ettirildi. Institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahridagi turli maskanlarda amaliyot o‘tayotgan Kutubxona-axborot faoliyati ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Aytish o'rinliki, mazkur kutubxonada “Kutubxona-axborot faoliyati” kafedrasi filialining tashkil etilgani esa talabalarning nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash hamda soha mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlikda ishlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Dastlab rektor yig‘ilganlarni kuni kecha keng nishonlangan Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z tabrigida ushbu bayram nafaqat sahna va ijod ahli, balki ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari bo‘lgan kutubxonachilar uchun ham katta ahamiyat kasb etishini, zero, kutubxonachilar jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlik ruhida tarbiyalash va bilimga oshno etishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, u talabalarning kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi va o‘z mutaxassisligi doirasida munosib ish topishida bitiruv oldi amaliyotining o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhim ekanini alohida ta’kidladi. Amaliyot jarayonida talabalar nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashi, kasbiy tajriba orttirishi hamda mehnat bozoriga moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi. Talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, institutda talaba-yoshlar bilan doimiy va ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgani, unda ularning taklif va tashabbuslari muntazam tinglanayotgani hamda eng muhimi, ilgari surilgan ko‘plab g‘oyalar amaliyotga joriy etilayotgani alohida e’tirof etildi. Uchrashuv davomida rektor bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasi institut rahbariyati e’tiboridagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini yana bir bor ta’kidladi hamda talabalarning ishga joylashishi borasidagi fikrlari va takliflari bilan qiziqdi. Xususan, Shahnoza Ro‘ziyeva O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazida ish faoliyatini olib borayotgani, tahsil olish davomida institutda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganini, bu esa faoliyatida doimo asqatganini ta’kidladi. Shuningdek, o‘z tajribasidan kelib chiqib, Axborot-resurs markazlarida faoliyat yuritishda chet tillarni bilish zarurligini qayd etdi hamda institutda axborot-kutubxona faoliyatiga oid ayrim dasturlarni o‘rnatish taklifini bildirdi. Rektor institut rahbariyati ARM faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviylashtirish borasida rejalarga ega ekanini, ushbu taklif belgilangan tartibda o‘rganilib, kelgusi o‘quv yilida amaliyotga joriy etish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi. Yulduz Qo‘ziyeva esa ayni paytda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent xalqaro universitetining Axborot-resurs markazida ishlayotgani hamda bu yerga ishga joylashishda institutdagi ustozlari ko‘maklashganini e’tirof etdi. Abduzufar Hikmatov esa o‘qishini tugatib, Parkent tumanidagi kutubxonada faoliyatini boshlashni rejalashtirayotganini, hozirda diplomini olish arafasida ekanini qayd etdi. Rektor talabalarning ishga olinishi uchun ularning diplom olishini kutish zarur emasligini, bu masalani joylardagi mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish lozimligini ta’kidladi.

157 views

Опубліковано 17 квіт.

117 views

Опубліковано 4 квіт.

#BookExchangeEvent Kitob mutolaasiga oshno boʻlganingizni bilamiz va sizlar uchun judayam zo’r event tashkil qilyabmiz. Eventimizda sizni nimalar kutmoqda👀 - "Halqa" asari tahlili📌 - Networking🤝 - Quiz🤩 - Pizza party 🍕 - Music party🎧 - Book Exchange📚 Eventda qanday qilib qatnashish mumkin? Bu oson🙃 1. "TURON" kitobxonlar klubi kanaliga obuna bo'lish. 2. Picnic uchun donate (xohlagan) 3. Screenshotini @Kitobsevarlar_klubi_admin ga yuborish. ✅Ro'yxatdan o'tish uchun @Kitobsevarlar_klubi_admin ga bogʻlaning. Shoshiling joylar soni 30 ta❗️ Kuni: 05.04.2026 Vaqti: 14:00 Joyi: "Mustaqillik maydoni (Manument yonidagi bogʻ) Xabarni "Book exchange" imizni kutayotgan do'stlaringizga jo'natib qo'ying. Telegram || Instagram

173 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ПопередняСторінка 1 з 85Наступна