Вміст поста
9-may Xotira va qadrlash kuni! Bu kun burch, jasorat, matonat maydonlarda sinalgan kun! Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaning 81 yillik bayrami, jang maydonlarida Vatan uchun, xalq uchun kurashgan ota-bobolarimiz xotirasi, o‘chmas yodi doim qalbimizda yashaydigan, ularga cheksiz ta’zim qiladigan kunimiz. Bu kurashni bugun har bir vatanparvar qalb davom ettirmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini saqlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish yoʻlida mardlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qahramonliklari har qanday so‘z bilan ta’riflab bo‘lmas darajada ulkan. Mazkur videoda ularning qahramonliklari yod etildi, sun’iy intellekt yordamida qisqa rolik ishlandi. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid she’ri asosida kuylangan qo‘shiq ham sun’iy intellektda qayta yaratilib, sayqal berildi. Maqsad — barchamiz, Vatanga oldidagi burch, jasorat, matonatlarni unutmaylik! Vatanni sevmoqlik imtihondir, degan shoirimiz! Shu imtihondan doim g‘urur bilan o‘taylik! @otabek_khasanov