TGINSIGHT CHAT
UTG.UZ
@uztg_uz
Business and startups"Ўзтрансгаз" АЖнинг расмий саҳифаси Бизни кузатинг: https://utg.taplink.ws 📞 +998712021012, ✉️ [email protected] Manzil: Toshkent vil., Yuqori Chirchiq tumani
Останні пости
Сторінка 1 з 85 · 1,011 постів
Опубліковано 4 трав.
“O‘ztransgaz” AJ Gazli, Kogon, Muborak, Zirabuloq MGQBlari hamda "Shimoliy So'x" GYOSI Komplaens-nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimiga tanlov e'lon qiladi. Nomzodga qo’yiladigan talablar: - Oliy maʼlumotli, iqtisodiyot yoki huquqshunoslik mutaxassisligiga, kasbiy tayyorgarlikka ega, nazorat-taftish organlarida, huquqshunoslik yoki korrupsiyaga qarshi va iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash yo‘nalishida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi; - Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida tajribali foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi; - Energetika (gaz tizimi) sohasi to‘g‘risida bilim (tushuncha)ga ega bo‘lishi maʼqullanadi; - Davlat va rus tillarini bilishi hamda ish yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart, ingliz va boshqa chet tillarni bilishi maʼqullanadi; - Normativ hujjatlarga rioya qilmaslik natijasida tashkilotga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy sanksiyalarni hamda yetkazilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni, jamiyat manfaatlariga zarar yetkazish xavfi sifatida belgilangan qoidabuzarlik xavfini aniqlash, baholash, tegishli maslahatlar berish, nazorat qilish va ushbu ko‘rsatgichlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash. Rezyume (ma’lumotnoma)lar 2026-yil 12-mayga qadar [email protected] elektron manziliga yoki telegram orqali +998 94 971-56-00 raqamiga yuborilishi lozim. Batafsil ma’lumot uchun: +(998) 71 202-10-60 (ichki 12399) raqamiga ish kunlari soat 09:00dan18:00ga qadar murojaat etish mumkin. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram| ▶️YouTube| 👉Telegram
Опубліковано 2 трав.
♨️O‘ztransgaz AJ’da korrupsiyaga qarshi tizimli ishlar izchil davom etmoqda Joriy yil 30-aprel kuni jamiyat boshqaruvi raisi tashabbusi bilan Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmalari rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur seminar Komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i O. Ismatov hamda yetakchi mutaxassis M. Matkarimov boshchiligida o‘tkazildi. 💬 Seminar davomida: 🔺 “O‘ztransgaz” AJ tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi siyosatning mazmun-mohiyati 🔺 korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari 🔺 ichki nazorat tizimlari va mexanizmlarini takomillashtirish 🔺 manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish 🔺 moliyaviy intizomni mustahkamlash 🔺 ish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi. 📌 Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalish davlat va jamiyat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📞 Eslatma: Korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish maqsadida 1852 qisqa raqamli ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xodimlar ushbu raqam orqali murojaat qilishlari mumkin. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram|▶️YouTube| 👉Telegram
Опубліковано 1 трав.
#energetikaning_100_yilligi 100 yillik energetika tarixi — insonlar tarixi 1926-yilda ishga tushgan birinchi elektr stansiyasi mamlakat energetikasining yangi davrini boshlab bergan edi. Bugun esa energetika tizimi — yuzlab obyektlar, minglab mutaxassislar va millionlab iste’molchilarni birlashtirgan ulkan tizim. Ushbu rolikda energetika sohasi xodimlari 100-yillik tarix bilan tabriklaydi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Hashtags
Опубліковано 1 трав.
Bekobod yoshlari — e’tibor va qo‘llab-quvvatlash markazida Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb egallashi, bandligini ta’minlash hamda o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, og‘ir toifadagi ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu maqsadda “O‘ztransgaz” AJga biriktirilgan Bekobod tumanining “Birdamlik” mahallasida yashovchi yoshlar bilan manzilli ishlar olib borildi. Uchrashuvlar davomida aynan biriktirilgan yoshlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari hamda ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi. Suhbatlar davomida yoshlarning qiziqishlari, nimalarga moyilligi, qaysi yo‘nalishda faoliyat yuritsa o‘ziga daromad keltirishi mumkinligi alohida e’tibor bilan tinglandi. Asosiy maqsad — ularni o‘z-o‘zini band qilishga yo‘naltirish, har bir yosh uchun individual yechim topishdan iborat bo‘ldi. Eng muhimi, har bir murojaat va taklif e’tiborsiz qoldirilmadi, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram|▶️YouTube| 👉Telegram
Опубліковано 1 трав.
#Milliy_libos_faxrimiz ✨Milliy liboslar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarining yorqin timsolidir. Ularda xalqimizning tarixi, didi va betakror an’analari mujassam bo‘lib, har bir naqsh va bezakda milliy ruh va iftixor aks etadi. “O‘ztransgaz” AJ tizimida har juma kuni milliy liboslarda ishga kelish yaxshi an’anaga aylangan. Xodimlarimiz ushbu tashabbusda faol ishtirok etib, nafaqat ish joyida ko‘tarinki kayfiyat yaratayotgani, balki milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni ham namoyon etmoqdalar. Bu kabi ezgu odatlar xalqimizning boy merosini asrab-avaylash, uni keng targ‘ib qilish va kelajak avlodlarga munosib tarzda yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, balki millatimiz sha’ni va g‘ururidir. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram|▶️YouTube| 👉Telegram
Hashtags
Опубліковано 30 квіт.
💬Samarqand viloyatidagi tadbirlar davom etmoqda. Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida “O‘ztransgaz” AJ Komplayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i O‘.Ismatov hamda Samarqand viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori K. Javdanovlar tomonidan boshqarmaning rahbar va muhandis-texnik xodimlari uchun “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 1-chorak yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish, barcha sohalarda shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni samarali boshqarish hamda ichki nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirish davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlari sifatida alohida qayd etildi. Shuningdek, PF–270-son Prezident farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, korrupsiyaning oldini olishda zamonaviy raqamli texnologiyalar, jumladan sun’iy intellektdan foydalanishning ahamiyati ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida mas’uliyat, xizmat etikasi va shaffof ish muhitini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqish holatlarining oldini olishga alohida urg‘u berildi. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram|▶️YouTube| 👉Telegram
Опубліковано 29 квіт.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident xalq qabulxonasiga Fuqaro Eshmuratova Gulnoz tomonidan yo‘llangan 2026-yil 15-apreldagi 6492-ap/26-sonli murojaati “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi tomonidan shaxsiy qabul jarayonida ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilikka muvofiq atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Jamiyatning 2026-yil 23-yanvardagi 9/9-sonli buyruq-qaroriga asosan ijroiya apparati hamda barcha tarkibiy tuzilmalarda, jumladan “Urganchtransgaz” UKda ham shtat birliklarini qisqartirish (maqbullashtirish) ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasiga muvofiq, avval ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi belgilangan bo‘lib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, avvalo, shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlar bilan to‘ldirilishi nazarda tutilgan. Shu sababli, hozirgi vaqtda arizachini ish bilan ta’minlash imkoniyati mavjud emasligi ma’lum qilindi. Shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish.mehnat.uz portalida joylashtirilgan bo‘lib, murojaatchi umumiy tartibda murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram|▶️YouTube| 👉Telegram
Опубліковано 29 квіт.
“O‘ztransgaz” Ajda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi. “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi tashabbusi bilan joril yil 29-aprel kuni Komplaens-nazorat bo‘limi bo‘shlig‘i O‘.Ismatov hamda yetakchi mutaxassis M.Matkarimovlar boshchiligida Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi rahbar va muhandis-texnik xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda ish jarayonlarida ochiqlik va xodimlar mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat rahbari tomonidan ushbu sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Boshqarmada korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni samarali boshqarishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi topshirig‘iga asosan jamiyatda korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish uchun 1852 qisqa raqamli ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va ushbu raqam orqali xodimlar murojaat qilishlari mumkinligi haqida ham ma’lumot berildi. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram|▶️YouTube| 👉Telegram
Опубліковано 29 квіт.
SAMARQAND YANGILIKLARI | "SOGʻLOM TURMUSH - JAMOA BIRLIGI VA YUKSALISH GAROVI" SHIORI OSTIDA SPORT MUSOBAQASI OʻTKAZILDI 25.04.2026-YIL 🌐UTG.UZ|💬Facebok|📷Instagram|▶️YouTube|👉Telegram
Опубліковано 28 квіт.
“O‘ztransgaz” AJ xodimlari Samarqandda: Ham ziyorat, ham sport tadbiri 🕌⚽️ “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati xodimlari jamoaviy bir-damlikni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan sport musobaqalarida ishtirok etishdi 🏆🤝 Ma’naviy quvvat: Imom Al-Buxoriy ziyoratgohi 🕌✨ Safarning eng hayajonli va fayzli qismi tadbir avvalida Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdan boshlandi. Xodimlar buyuk muhaddis bobomizning pok xotirasini yod etib, majmuaning muqaddas qadamjolarini tavof qildilar. Ushbu ziyorat barchaga ma’naviy quvvat va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi 💫🙏 🌐UTG.UZ|💬Facebok|📷Instagram|▶️YouTube|👉Telegram
Опубліковано 18 квіт.
#Raqamli_transformatsiya "UTG training" o‘quv markazida tashkil etilgan navbatdagi Respublika o‘quv seminari ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi hamda murojaatlar bilan ishlashning onlayn platformasidan foydalanish masalalariga bag‘ishlandi. 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram| ▶️YouTube| 👉Telegram
Hashtags
Опубліковано 17 квіт.
#OAV_biz_haqimizda 👉https://uza.uz/oz/posts/gaz-sizib-chiqishiga-qarshi-zamonaviy-nazorat-tizimi-joriy-etiladi_845522 🌐UTG.UZ| 💬Facebok| 📷Instagram| ▶️YouTube| 👉Telegram
Hashtags