TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Buyela kuluhlu lwezithethe
NeoJadid avatar

TGINSIGHT CHAT

NeoJadid

@neojadids

Linguistics

Dunyoga o'zbekona nazar. Aloqa: @NeojadidBot

Ababhalisileyo1,560Ababhalisileyo ngoku
Izithuba ezilandelwayo591Inani lezithuba ezilandeliweyo
Ukufikelela kwanamhlanje17,608Isamba semibono yanamhlanje
Izithuba zanamhlanje

Izithuba zanamhlanje

Iphepha 1 kwa 50 · 591 izithuba

Ipapashiwe -18 d

Kelajak baxs-munozarasi: mening LLM'im senikidan katta :) *Large Language Model (LLM)

280 views

Ipapashiwe -18 d

Bugundan tabaqalashgan ta’lim uchun hujjatlar qabuli boshlandi Qabul 14-iyunga qadar my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Imtihondan muvafaqqiyatli o’tgan bolalar yaxshi sharoitli, ta’lim sifati yuqori bo’lgan maktablarda, o’tolmaganlar esa yana o’sha o’zining oddiy maktabida o’qishini davom ettiradi.

464 views

Ipapashiwe -24 d

Bolalar, adajoningizning Claude tokeni tugab qoldi... endi soat 3'gacha sizlar bilan o'ynashga vaqti bo'ladi.

682 views

Ipapashiwe Mey 12

Tarixiy parallellar Buxoroda zamonasining “blogerlarini” nima qilishgan: Rusiya imperatorining taxtdan tushgani, rus hukumatining xalq qo‘lig‘a qo‘chdigi Buxoro hukumatig‘a inqilobning haqiqati va inqilobchilarning tilaklarini bildurdi. Inqilobchilarning himoyasig‘a sig‘ing‘an yoshlardan (zamosining "faollaridan") Buxoro hukumati biroq qo‘rqdi. Ko‘b o‘ylovlar, tushunchalar va qarorsizliklardan so‘ng belguli bir qarorg‘a keldi. O‘zi uchun ikki yo‘l tayin etdi: vijdon va imonlarini sotaturg‘an «oqcha quli» afandilarni sotib olmoq va oltun tuzoqg‘a tushmas yoxud oltung‘a qaramaslarini turli bahonalar bilan u dunyog‘a (o'ldirib) yubormak! Hukumatdan bo‘lmag‘an va ko‘nglidagini tilinda olg‘an mazlumlarni (ya'ni, sotilmaganlarni) o‘g‘rilik tuhmatila tutdirib, qiynab iqror qildirmoq bahonasi bilan yalang‘och qorinlarig‘a yuz-ikki yuz tayoq urg‘andan keyin tarbuz suyi ichiradir. Bechoralar tarbuz suyini ichkandan so‘ng shishib o‘larlar!.. Fitrat, “Buxoro holati”, 1918

1,240 views

Ipapashiwe Mey 11

Mana bu (Beast Academy va Singapore Math) metodikalariga qo'shimcha sifatida... Farzandi 5 sinfdan yuqori yoki o'zi matematikani noldan o'rganmoqchi bo'lganlar (masalan, talabalar) MathAcademy'ni sinab ko'rsin. Narxi ozgina qimmatroq (oyiga 50 USD) bo'lishi…

1,570 views

Ipapashiwe Mey 11

Mahluqlar Akademiyasi... 1-5 sinflardagi farzandingizga matematikani puxta o'rgatmoqchi bo'lsangiz, Beast Academy onlayn kursini (yoki kitoblarini) isrorla tavsiya qilaman. Bu kurslarga hozircha sarflagan 100 dollarim kamida 5-6 ming dollarlik qiymat beryapti…

1,040 views

Ipapashiwe Mey 9

Ikkinchi Jahon Urushiga o‘zbekona (Yevropa-markazli bo‘lmagan) nazar. 1. Ikkinchi jahon urushi hukmron (Britaniya, Fransiya va hkz) hamda hukmronlikka intilayotgan (Germaniya, SSSR, Yaponiya) imperialistik davlatlar o‘rtasidagi urush edi. Xuddi Birinchi Jahon urushidek. 2. Urush 1939 boshlangan va dastlabki 2 yilda kommunist SSSR va natsist Germaniya ittifoqchi bo‘lgan (Ribbentrop-Molotov maxfiy kelishuvi va Sharqiy Yevropani bo‘lib olish haqidagi protokollar). 3. Urushda kolonial xalqlar asosan tegishli imperiya safida, biroq ba’zida gitlerchilar tomonida ham qatnashishga majbur bo‘lgan (masalan, hindistonliklar Buyuk Britaniya qo‘shinlari hamda Hind legioni safida, Fransuz armiyasidagi “Senegalese tirailleurs”, SSSR armiyasi hamda Turkiston legioni safidagi o‘zbeklar, qozoq, qirg'iz va hkz). 4 "Buyuk Vatan urushi" — sobiq ittifoqchilar SSSR va Germaniya o'rtasidagi 1941-45-yillar urushining bir yoqlama, mafkuraviy xolis bo‘lmagan nomidir. SSSR hali bosib olingan xalqlar uchun «vatanga» aylanishga ulgurmagan edi. 1941-yilda Qo‘qonda qonga botirilgan milliy davlat qurishga bo‘lgan harakatdan 23-yil, o‘zbek millatining eng oldi ziyolilarini va umuman yuz minglab o‘zbeklarni qirgan «Katta terror» tugaganiga atiga uch yil bo‘lgan edi. «Bosmachilar» deb atalgan harakat O‘zbekistonning hududida to 1939-yilgacha faol edi. Bular bir avlodning hayoti davomida bo‘layotgan hodisalar, bu avlod SSSRni hali vatan deb bilmas edi. Aksincha, aksariyat oilalarda qatag‘on qilingan yoki bolsheviklardan chetga qochishga majbur bo‘lganlar haqida xotira hali tirik edi. Stalin qatag‘onlari va o‘tmish haqidagi xotiralar (hamda bolsheviklardan o‘ch olish ishtiyoqi) xalqning bir qismi Turkiston legioni safida bolsheviklarga qarshi kurashishiga sabab bo‘lgan. 5 Bizga hozirda ajratadigan emas, murosa qiluvchi tarix kerak. Qizil Armiya safida natsistlarga qarshi kurashgan ham o‘zbek, Turkiston legioni safida bolsheviklarga qarshi kurashgan ham o‘zbek. Ya’ni, o‘zbeklar va boshqa Markaziy Osiyo xalqlari uchun bu urush qaysidir ma’noda fuqarolik urushi desa ham bo‘ladi. Faqat tarixni g‘oliblar yozgani uchun va (neo)sovet propagandasi ta’sirida mag‘lub tarafni eshitish imkoni bo‘lmadi va bo‘lmayapti. Demak, mustaqil O‘zbekistonda bu g‘alabaga ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi emas, bitta zulm imperiyasining ikkinchi zulm imperiyasi ustidan g‘alabasi sifatida qaralishi kerak. Eng ma’qul munosabat, “ikki xonadoningizga ham vabo tushsin”. Bu kunni Rossiya propagandasining ta’sirida jinlar bazmiga aylantirmasdan, o‘ziniki bo‘lmagan urushda ikki tomonda ham majburan qatnashib, vafot etganlar xotirasini yodga olish kerak edi. Bir narsani aniq aytish mumkin: 2016 yildan keyin o‘zgargan rusparast siyosat deb «g‘alaba» O‘zbekistonga qanday zafarona Katyushalar aytib «qaytgan» bo‘lsa, zamon fursat berganda, shunday tezlik bilan qayta ko‘rib chiqilib, Xotira va Qadrlash kuniga qaytiladi.

3,910 views

Ipapashiwe Mey 9

Kleptokratlarga xizmat qilishning oqibatlarini Noice MC har qanday siyosatshunosdan yaxshiroq tushuntirib beribdi. Ты Кремлю не продавался — ты отдался по любви. Он объятьями своими тебя ласково обвил, Он тебе шептал на ушко: «Слушай, Лешка, все пучком: Можно коммерсом быть ушлым и торчком, Можно жить, как ты захочешь, Можно это, можно то, — Но, когда я беспределю, ты сидишь с закрытым ртом. Будут виллы на югах и хаты у Москвы-реки Только не пизди и помни — наверху не дураки». Хорошая была сделка, но вот что ты не учел: Все, что там до шрифта мелкого, — в общем-то, ни о чем, А меленько там курсивом: «Вы***м в хвост и в гриву: Сначала самых строптивых, прочих — после перерыва». И черед твой настает — не минует чаша сия Никого из тихих и аполитичных россиян. Kontekst: Kremlparast bir san'atkor "doimo norozilar" ustidan kulibdi. "Doimo norozilar" qatorida bo'lgan, hijratdagi boshqa bir san'atkor unga javob beribdi. Javob afsonaviy chiqibdi.

812 views

Ipapashiwe Mey 5

Fastfood davrida sog'liqni saqlash uchun kuniga 10 000 qadam qanday minimal normaga aylangan bo'lsa, SI va reelslar davrida kuniga 40-50 bet kitob o‘qish ham aqliy salomatlikni saqlash uchun zaruriy kundalik minimumga aylanishi lozim. Diqqatni jamlay olmayotganingizga sabab bor.

2,620 views

Ipapashiwe Epr 16

“Ijtimoiy yaqinlar” va “siyosiylar”... Sobiq IIV zamministri tahminan 16 mln dollar (200 mlrd so‘m) naqd pul to‘lab berganidan so‘ng, unga qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garovga o‘zgartirilibdi (va endi qo‘yib yuborilsa kerak). Navbatdagi amaldor bitta uzr (va qanchadir dollar) evaziga jazodan qutulib qolmoqda. Sovet Ittifoqida jinoyatchilarning “nasabi yaqinlar” (социально близкие) kategoriyasi bo‘lgan. Bular o‘g‘rilik, qotillik, firibgarlik, zo‘rlash va hkz moddalari bilan qamalgan oddiy ugolovniklar edi. Kompartiya bularni, “siyosiy” yoki “sinfiy dushmanlar”dan farqli o‘laroq, bolsheviklar kabi oddiy xalqdan chiqqan va shuning uchun qayta tarbiyalash osonroq bo‘lgan unsurlar deb hisoblagan va yengilroq munosabatda bo‘lgan. Dindorligi, millatchiligi yoki haqiqatgo‘yligi, g‘oyaviyligi deb antisovet faoliyatda ayblangan “siyosiy” yoki sinfiy dushmanlar esa islohga moyil bo‘lmagan unsur sifatida jismonan yo‘q qilinishi yoki kamida qamoqda chirib ketishi kerak edi. Mubashshir Ahmad kabi din ulamolari, sekulyar muxolifatchilar yoki bloger, jurnalistlar ot zvonka do zvonka srok motat qilayotgan bir paytda pedofil amaldorlar, o‘g‘ri zamministrlar va boshqa korrupsiyoner mansabdorlar yengil jazo bilan qutulib ketayotganini o‘qib qolsangiz, hayron bo‘lmang: bular “elitamizga” nasabi yaqinlardir.

1,550 views

Ipapashiwe Epr 10

SI bo'tqasi* avjiga chiqayotgan davrda iste'mol uchun kontentni qanday tanlayapsiz? SI bo'tqasi– bu sun’iy intellekt yordamida yaratilgan, sifatsiz, ma’nosiz va pala-partish tayyorlangan, mehr berilmagan kontent.

1,470 views

Ipapashiwe Epr 2

Dushmaning xato qilayotganini ko'rsang, zinhor aralashma.

1,970 views
123•••10•••20•••30•••40•••4950
EdlulileyoIphepha 1 kwa 50Okulandelayo