帖子内容
Telefonim zaryad olguncha bir-ikki narsa haqida yozmoqchiman kanalga) 💻 - Blog yuritishni nimaga to`xtatmoqchi edim? Sababi oddiy, bu ishdan shuncha vaqt sarflab moliyaviy tomondan foyda ololmaganim. To`g`ri blogni boshlashimdan oldin ham foydani ko`zlamagan edim, lekin ko`p vaqt va mablag` ketkazildi bu proektga va bu jarayonni ortiq davom ettirolmasligimni tushundim. Sentabrdan boshlab esa o`zimni avvalgi va doimiy ishim(freelance)ga ko`proq vaqt ajratishni boshladim. - Ham ishimni qilib ham blog yuritishni hobbi sifatida, kamroq kontent chiqarib ham davom ettirsam bo`ladimi? Bu haqida juda ko`p o`yladim, lekin Universitetda o`qish boshlangani va darslarim tushlikdan keyinga ya`ni soat 13-18:00 oralig`ida qo`yilganligi vaqt bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqardi. - Bir tanishim tushuntirdi... Blogimni davom ettiramanmi yoki yo`q - bu narsa hech kimga qiziq emas! Who cares? Nobody cares. Mani blogimni kuzatmasdanam odamlarni hayoti davom etaveradi, xuddi avvalgidek. Qanaqa qarorga kelsam ham o`zim uchun qilgan bo`laman - Lekin! Bir voqea blogni davom ettirishimni asosiy sababi bo`ldi. Bir kun Milliy bog`dagi "Pizzario" deb nomlangan kafeda kofe ichgani kirgan edik. Uyerdagi ofitsant hammaga juda zo`r servis ko`rsatayotgan edi. Chiqib ketishdan oldin hisobni so`rashga borganimda, ofitsant mani tanib qoldi va "omad ishlarizga, yangi videolarni kutib qolaman" degan gapni aytdi. O`sha vaqtda boshqacha emotsiya xis qildim)) Ha bunaqa voqeadan 2-3 marta bo`ldi hozirgacha. Va manashu narsani yana xis qilishni xohlaganim uchun blogni davom ettirishga qaror qildim! Masalan: Siz ham ushbu telegram kanalga aynan shu blog orqasidan qo`shilgansiz. Xudo xohlasa telegram kanalda ham instagramda ham kontent qilishda davom etaman! Sizdan esa har doimgidek qo`llab-quvvatlash so`rayman, ko`proq odamga yetib borishi uchun)) Chunki O`zbekistonda GRWM kontentni o`zbek tilida yuritayotgan faqat o`zim ekanman😁 Ishonch bildirib, kuzatayotganingiz uchun rahmat!✨