帖子内容
📌Sentabr - manda qanday o’tdi? 1. Frilenserlikda intensiv ishlashni boshladim. • Ko’p proektlarda ishlashni boshladim. Ajoyib insonlar bilan networking🔥 Qilinadigan ishlar ko’pligidan uxlashga vaqt ajratish ham amrimahol bo’lib qoldi. Hozirgacha har kunim stressda o’tyapti desam ham bo’ladi😵💫. Lekin, asosiysi qiladigan ishim bor, zerikishga va bekorchilikka vaqt yo’q(shukur). - Shu yil yakunigacha qilishim kerak bo’lgan maqsadlarim bor shuning uchun ko’proq e’tiborim ishga qaratilgan hozir) 2. O’qish boshlanishi🤯 • @uzjmcu - universitetida 2-kurs “Mediadizayn” fakultetida o’qiyman. Shu yil 2-smenaga tushibmiz🤦♂️ Shu sababli kunimning katta va produktiv qismi universitetda o’tib ketadi. (Lekin hozirgacha ko’p dars qoldirdim) 3. Va nihoyat, trenirovka boshladim🥳😂 • Ancha yillardan buyon dushanbadan* trenirovkani boshlamoqchi bo’lib yurgan edim. Sentabr oxirida bu ishni uddaladim. Nasib bo’lsa davomli shug’ullanaman deb turibman)💪 Oktabr haqida esa oy yakunida)