帖子内容
📉 Volkswagen, BMW, Audi va Mercedes-Benz daromadlari keskin kamaymoqda 🚘 Volkswagen uchinchi chorakda daromadining 64% ga pasayishini e’lon qildi, bu esa 1,58 milliard yevro darajaga tushib ketdi. Kompaniya Xitoydagi savdo hajmining pasayishi va restrukturizatsiya xarajatlarini asosiy sabab sifatida ko‘rsatmoqda. Uchta yevropa zavodining yopilishi va o‘n minglab ish o‘rinlari qisqarishi kutilmoqda. 🚘Audi daromadi esa 91% ga qisqarib, 106 million yevro darajaga tushib qoldi. Savdo hajmi Yevropa, AQSh va Xitoy bozorlarida keskin pasaygan. Bryusseldagi zavod yopilishi kutilmoqda, bu 3000 ishchiga ta’sir qilishi mumkin. 🚘 BMW daromadida 84% ga, Mercedes-Benz esa sof foydasida 54% ga pasayish kuzatildi. Ushbu kompaniyalar ham ishlab chiqarishni optimallashtirish choralarini ko‘rib chiqmoqda. ➡️#avto | Birinchi raqamli IT-Blog