TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
帖子内容
😎 Telegram smartfondan televizorga foto va video uzatishni o‘rgandi ℹ️ Telegram ishlab chiquvchilari Google Cast qo‘llab-quvvatlovini qo‘shdi, bu esa foto va videolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri televizorga translyatsiya qilish imkonini beradi. Ushbu funksiya Android uchun beta-versiyada allaqachon mavjud. 🔎 Endi chatlar va kanallardagi media kontentni Google Cast (avvalgi Chromecast) qo‘llab-quvvatlaydigan televizorlarga uzatish mumkin. Telegram’ning o‘zidan turib pleybekni boshqarish mumkin. ⚠️ Hozircha translyatsiya faqat Telegram’ning ichki media pleyeri orqali ishlaydi. Bu yangilik Telegram’ning Android va iPhone’dagi barqaror versiyasiga qachon qo‘shilishi noma’lum. ➡️#telegram#google | Birinchi raqamli IT-Blog