帖子内容
💻Windows 11 yangilanishi: AI bilan qidiruv va yangi emoji tugmasi! 🔄 Microsoft Windows 11 uchun KB5053656 yangilanishini chiqardi. Bu versiyada ko‘plab foydali va zamonaviy funksiyalar mavjud. 🧠 AI-qidiruv Endi fayllarni oddiy tilda tariflab qidirish mumkin. Masalan: “O‘tgan dekabrda Toshkentda olingan oila rasmi” deb yozsangiz bo‘ladi. Funksiya faqat Copilot+ kompyuterlarida ishlaydi. 🎮 GamePad klaviatura Sensorli klaviatura uchun yangi GamePad tartibi qo‘shildi — bu geymerlar uchun qulay. 😄 Emoji tugmasi Vazifalar paneliga emojilar, GIF va stikerlar qo‘shish uchun tugma qo‘shildi. Xohlagan vaqtda o‘chirib qo'yish mumkin. ⚠️ Eslatma: Ba’zi foydalanuvchilar Start menyusi va File Explorer'da xatoliklar bo‘layotganini bildirgan. O‘rnatishdan avval buni inobatga oling. ➡️#microsoft@windows | Birinchi raqamli IT-Blog