帖子内容
🖼 Midjourney V7’ning alfa-versiyasi taqdim etildi: tezroq, realistikroq va endi ovozli so‘rov ham mavjud ℹ️Midjourney jamoasi yangi V7 modelining dastlabki versiyasiga kirishni ochdi. ✅ Asosiy yangiliklar: • Matn va rasm bilan ishlash ancha yaxshilangan — detallar aniqroq, qo‘llar, tana va murakkab obyektlar yaxshiroq ishlangan. • Shaxsiylashtirish — model foydalanuvchi didiga moslashadi. Bu uchun sizga 200 ta rasmni baholash taklif etiladi. • Qoralama rejimi — 10 baravar tezroq va 2 baravar arzonroq. So‘rovlar harakatda tahrirlanadi, hatto ovozli buyruq bilan ham. Tasvirlar sifati pastroq, lekin keyin to‘liq rezolyutsiyaga olib chiqish mumkin. 👨💻 Hozircha 2 ta rejim mavjud: — Turbo: tez, lekin qimmatroq — Relax: standart tezlik ⚠️Upscaling, tahrirlash va tekstura o‘zgartirish hozircha V6 versiyasida, ammo tez orada V7ga ham qo‘shiladi. 👉#ai#midjourney | Birinchi raqamli IT-Blog