TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #14033

@HashtagUz

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Views3,950帖子阅读量
发布5月11日2025/05/11 04:09
Post content

帖子内容

🛰 Kosmos-482: 53 yillik orbitadan so‘ng Yerga qaytdi ℹ️ 1972-yildaSovet Ittifoqi tomonidan Venera sayyorasini o‘rganish maqsadida uchirilgan Kosmos-482 kosmik apparati 2025-yil 10-may kuni Yer atmosferasiga nazoratsiz tarzda kirib, Hind okeaniga tushdi. Diametri ~1 metr bo'lgan apparat titan qobiqdan iborat bo'lib, yuqori harorat va bosimga chidamli. 🌎 Apparatning asosiy qismlari 1970-yillarda Yerga qaytgan bo‘lsa-da, qo‘nish moduli orbitada qolgan edi. Bu modul 53 yil davomida Yer atrofida aylanishda davom etdi. 🌊2025-yil 10-may kuni Toshkent vaqti bilan 11:24 Indoneziya yaqinidagi Hind okeani, Jakarta shahridan g‘arbda, taxminan 560 km masofaga quladi. Apparatning mustahkam tuzilishi sababli, uning ba'zi qismlari atmosferadan o‘tishda butunligicha saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. ⚠️ Mutaxassislar ushbu hodisa odamlar yoki infratuzilmalarga jiddiy tahdid solmaganini ta'kidladilar. Kosmos-482'ning tushishi kosmik chiqindilar muammosiga yana bir bor e'tibor qaratdi. 👉#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog